Brazil maqollari (66 ta)

• To‘q qoringa ilm sig‘maydi.
• Buyuk insonlarning ortida buyuk onalar turadi.
• Aytgan so‘zlaring quli bo‘lib qolmaslik uchun og‘zingga xo‘jayin bo‘l.
• Bosh faqatgina quloqlarni ajratib turish uchun berilmagan.
• Ko‘pni xohlagan oziga ham erisholmaydi.
• Xudo saxar turgan odamga yordam beradi.
• Vaqtida aytilgan «yo‘q», shoshilib aytilgan «ha»dan afzal.
• Kelajakka ishongan odamgina bugunga ishonadi.
• Uzuk ketar, barmoq qolar.
• Qarmoqqa ilingan har narsa ham baliq emas.
• Hatto otga ham xayrli kun tila.
• Ilon chaqib olgan mushuk arqondan ham qo‘rqadi.
• Yarqiragan har narsa ham oltin emas.
• Ip ingichka joyidan uziladi.
• Yaxshi so‘z mushukka ham yoqadi.
• Sutdan kuygan suvni ham puflab ichadi.
• Hamma ko‘rpani o‘ziga tortadi.
• Baxt hech kimga pul keltirmaydi.
• Hosili mo‘l daraxt har doim ham shirin meva beravermaydi.
• Toshni teshgan suvning quvvati emas, tomchilarning davomiyligi.
• Yolg‘onning oyog‘i qisqa.
• Takrorlash — bilimning onasi.
• Ko‘pincha tashqi ko‘rinish aldamchi bo‘ladi.
• Qo‘shnining bog‘i doim yashil.
• Shoshilish — omadning dushmani.
• Ortiqcha suv ham ekinni o‘ldiradi.
• Bo‘sh kalla — shayton uyasi.
• Matrosni dovul bo‘lganda ko‘r.
• Uligan it tishlamaydi.
• Uzoq yo‘lni ham asta bosib o‘tish mumkin.
• Kim bilan yurganingni aytsang, kimligingni aytib beraman.
• Ko‘rlar yurtida bir ko‘zli ham qirol.
• O‘zing sotib olgan buyum qadrli bo‘ladi.
• Qo‘ldagi chumchuq osmondagi laylakdan afzal.
• Bir daqiqada umrni yo‘qotgandan ko‘ra hayotda bir daqiqani yo‘qotgan afzal.
• Pulga non sotib olish mumkin, rahmat sotib olib bo‘lmaydi.
• Bosh o‘ylamasa, tanaga ziyon.
• O‘ynamagan yutmaydi.
• Kasalxonada bemor bo‘lib yotmasliging uchun yo‘lda ehtiyot bo‘lib yur.
• Bitta qaldirg‘och bilan bahor kelib qolmaydi.
• O‘limtik bor yerda o‘laksaxo‘r ham bo‘ladi.
• Uxlayotgan tulki go‘sht topa olarmidi?
• Bosh va oxir orasida doim o‘rta bor.
• Aravani otning oldiga qo‘yma.
• Hech narsa bilmagan hech narsadan gumon ham qilmaydi.
• Temirchining uyida barcha bezaklar yog‘ochdan.
• Sevgining ko‘zi ko‘r. Qadamingni o‘ylab bos.
• Hech qachon kambag‘alga va’da bermang, boydan qarz olmang.
• Bugun bajarish mumkin bo‘lgan ishni hech qachon ertaga qoldirmang.
• Bir kishining baxti boshqasi uchun qayg‘u.
• Oldinga qaramagan orqada qoladi.
• Kambag‘allik musibat emas. Uni ma’lum qilish — nodonlik.
• Yer askarlar qoni va mehnatkashlar teriga zor emas.
• Qashshoqning shodligi uzoqqa cho‘zilmaydi.
• Ochlik — eng yaxshi dori.
• Hayot 40 yoshdan so‘ng boshlanadi.
• Pul daraxtda o‘smaydi.
• Pul insonga baxt va’da qilmaydi.
• Er-xotinning janjalidan uzoqda tur.
• Do‘stlik o‘z yo‘liga, bozor o‘z yo‘liga.
• Qari to‘ti gapirishni o‘rganolmaydi.
• Seni doim ogoh etib turadigan — haqiqiy do‘st.
• Go‘sht yemoqchi bo‘lsang suyakka chida.
• Tarixdan so‘zlovchi har kimning o‘z hikoyasi bo‘ladi.
• Kutgan — erishadi.
• Istak — eng katta kuch.

Davronbek Tojialiyev tarjima qildi.

Brazillar (o‘zlarini brazilenush deb ataydilar) — Braziliyaning asosiy aholisi (190 mln. kishi (2010) bo‘lgan xalq. Umumiy soni 193 mln. kishi. Paragvay, Argentina, AQSh va Portugaliyada ham yashaydilar. Brazillar portugal tilida so‘zlashadilar.