Podshoh juma kuni masjidga ketayotgan edi. Soqchilar ko‘chada to‘plangan xalqqa bir tarafdan yo‘l bo‘shating deb baqirar, bir tarafdan tepib, tayoq bilan urib, yo‘l ochayotgan edi. Ojiz bir kambag‘al soqchilardan o‘n darra yedi. Boshi, ko‘zi qontalash bo‘ldi. Zulmga chiday olmadi. Qo‘llarini ochib podshohning orqasidan shunday baqirdi:
— Qilgan oshkora zulmingni qara Alloh saqlasin. Masjidga boryapsan, go‘yo yaxshi ish qilyapman deb o‘ylaysan. Yaxshi ishing shu bo‘lsa, yomonliging qanday, kim bilsin?
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan