Bir janda kiygan odam yo‘lda ketayotgan edi. To‘satdan uni podshoh ko‘rib qoldi. Shoh dedi:
– Ey jandapo‘sh, kim yaxshi – menmi, yo sen?
Janda kiygan pir dedi:
– Ey bexabar, jim bo‘lgin. Agarchi biz darveshlar uchun o‘zini maqgash rayu emasdir. Chunki o‘zini maqgagan odam ogoh va faqru fano kishisi emasdir. Ammo zarurat yuzasidan senga shuni aytayki, bizning bittamiz sendaylarning mingtasidan yaxshiroq. Chunki sening joning din zavqini tatigan – tanigan emas, sening nafsing sendan bir eshak yaratibdir va senga minib olibdir, sen esa uning yuki ostidasan, ey amir! Kecha-kunduz boshingda nafs toji, shuningtalabida boshing sargardon. U nima buyursa, ey arzimas odam, xoh-noxoh uni bajarishga majbursan. Ammo men din sirrini tanigandan so‘ng, nafs itini o‘z eshagimga aylantirdim. Nafsim eshagim bo‘lgach, unga o‘tirib oldim. Nafs iti senga mingan, men esa, aksincha uni minib olganman. Mening eshagim seni mingandan keyin, endi o‘zing ayt, kim yaxshiroqekan? Albatta, menga o‘xshagan janda kiyganlarning bittasi sendaqalarning yuz mingtasidan afzal!
Ey nafs iti bilan xursand odam, sen shahvat olovini yoqqansan, sening obro‘yingni o‘sha shahvat olovi quritdi, dilingdan nur, tanangdan quvvatni olib ketdi. Ko‘zning xiraligi va quloqning karligi, qarilik, aqlning sustligi va ongu hushning zaifligi — bularning hammasi ofat keltiruvchi lashkar bo‘lib, ajal amirining chokar-dastyorlari-dir. Kecha-kunduz bu lashkar ketma-ket keladir. ya’ni bu lashkar orqa-oddindan atrofni o‘rab oladi. Har tomondan lashkar bostirib kelgach, sen va nafsing noiloj taslim bo‘lasizlar. Nafs iti bilan apoq-chapoqbo‘lding, uni xushlab turding, u bilan doimo ishrat qilding. Uning ishratu maishati tuzog‘iga bog‘landing, qudratiga bo‘yin egib. mag‘lub bo‘lding. Nafsing davrasid’ sen shohanshoh, hasham ichra ulug‘san. Biroq agar sen bu itdan ajralsang — hech kimsan. Vaqti kelar, sen itdan, it sendan ajralasizlar. Bu yerda sizlar bir-birlaringdan judo bo‘lgach, qiyomatda ham o‘zaro furqatda bir-birlaringni sog‘inasizlar. Bu yerda o‘lib nafsdan ajralayapman, deb ko‘p g‘am yema, zero do‘zaxtsa yana topishasizlar.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.