So‘fiy va Bag‘doddagi asalfurush hikoyati

Bir so‘fiy Bag‘dod qo‘chalaridan o‘tardi, shunda bir odamning:
— Asalim bor, arzonga sotaman, — degan ovozini eshitdi.
So‘fiy uning oldiga borib dedi:
— Ey falon, hech narsani hech narsaga berasanmi?
Asalchi dedi:
— Nari tur, sen devonamisan, hech jahonda hech narsaga bir narsa beradimi?
G‘oyibdan ovoz keldi:
— Ey so‘fiy, turgan joyingdan bir qadam pastga tushib, xonaga kir, men hech narsa uchun istagan narsangni beraman. Allohning rahmati munavvar quyoshdir, u barcha zarralarni yoritadi. Uning rahmatini ko‘rkim, bir kofir kishi uchun Payg‘ambar bilan ham e’tirozga bordi.

Fariduddin Attorning «Mantiqut-tayr»idan.