Bir shogird o‘z ustozidan so‘radi:
– Ustoz, ayting-chi, nega Odam jannatdan quvildi?
Ustozi dedi:
– Odam juda oliyguhar zot edi, u jannatga kirganda, hotifdan bir baland ovoz keldiki, ey, jannat, seni yuz xil band bilan bog‘lagan, kimki ikki olamda Bizdan tashqaridadir, Bizdan past turadigan arzimas narsani boshpana qilib oladi. Biz zohiriy ko‘ringan jam’i narsani yakson qilurmiz. Chunki Do‘stdan o‘zgaga e’tibor qilmagaymiz. Jonon oldida yuz mingjonning nima qiymati bor, Jononsiz jon hech narsaga yaramaydi. Kimki Jonondan boshqa narsa bilan bog‘lanib qolgandir, garchi u Odam bo‘lsa ham, zabun bo‘ldi. Jannat ahliga u yerda beriladigan dastlabki taom jigardir, deb xabar berdilar. Jannat axli siru asror ahli emaslar, shu bois jigar yeyishdan to‘xtamaydilar*.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.