Bir odam uy izlayotgandi. Do‘stlaridan biri uni o‘z mahallasidagi vayrona uyga olib bordi. Do‘sti:
— Agar bu uyning shifti bo‘lsa, menga qo‘shni bo‘lib yasharding. Agar biror xonasi bo‘lsa, bola chaqang bilan osoyishta yasharding, deya uzoq vaqt “agar” deb suhbatlashdi.
— Ha, do‘stlarga qo‘shni bo‘lib yaqin uyda yashamoq yaxshi, faqat “agar” deb yashash bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydida, dedi uyga talabgor kishi.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan