Aytishlaricha Sosoniy hukmdorlaridan Odil No‘shiravon, yoz kunlarining birida odamlari bilan ovga chiqdi. U tepa yonbag‘irlarini kezib chiqarkan, odamlari tog‘ echkisini ovlashdi. Undan kabob tayyorlab shohga taqdim qilishmoqchi edi. Go‘shtni shox shabbalariga ildirib, tagiga olov yoqdilar. Ovni to‘xtatib, ovqat tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Bir mahal qarashsa, tuz yo‘q. Shu yaqin orada bir qishloqcha bor edi. Tuz olib kelish uchun bir askar yuborishdi. Askar yo‘lga chiqar-chiqmas Odil No‘shiravon uni chaqirtirib oldi. Va unga:
–Tuzni pulini berib ol! – dedi. – Aks holda tekin olish odati chiqib, qishloq xarob bo‘ladi.
Atrofidagilar hayron bo‘lib:
–Shu ozgina narsadan qanday qilib zarar kelishi mumkin, shohim, – deya so‘rashdi.
–Dunyoda zulmning tamali uvoqcha edi. Ammo har bir kelgan uni kattalashtirdi. Va hozirgi vaziyatga kelib qoldi. Agar shoh xalqning bog‘idan bir olma olsa, yonidagilar daraxtning ildizi bilan qo‘porib oladilar. Podshoh besh tuxum uchun zulm etsa, askarlari ming tovuqni idishi bilan uradilar, – deya chiroyli javob qaytardi Odil No‘shiravon.
Hikmat
Kichiklar kattalardan ko‘rganlarini qilishga urinadilar; qiladilar ham. Hatto bundan ham o‘tkazishga harakat qiladilar.
“Guliston”dan
Kavsar Shodiyeva tarjimasi