Mahallada bir odam qazo qilibdi, jasadi tobutga solinib, mozorga olib ketilarkan, tobutning orqasidan bir bola ham yig‘lab, ham baqirib:
— Otajonim, sizni qayerga olib ketishyapti? Sizni tuproqqa ko‘mmoqchilar, oh otajonim, bu yer shunday qorong‘u va tor bir joyki, bu yerda na nur, na deraza, na sholcha, na bir burda non bor… Hatto, ovqat hidiyam yo‘q…
Bolaning bu hayqirishlarini shu yerda turgan Juho (arablarning Nasriddin Afandisi) eshitib, otasiga:
Otajon, qarang, marhumni bizning uyga olib ketishyapti, dedi.
Shunda otasi Juhoga:
— Ey nodon, nega endi biznikiga olib borishadi? deya so‘radi.
Juho javob berdi:
— Otajon eshiting, bola nima deyapti? Marhumni shunday birjoyga olib ketishyaptiki, u erda na sholcha, na nur, na taom va na deraza… Hech narsa yo‘q. Axir bu bizning uy bo‘lmasdan qayer?
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan