Devonaning xazinasi

Bir mamlakatda bir devona kishi bor edi. Uning maskani kecha-kunduz vayrona edi. Har dam o‘sha vayronaning bir yonini qazib, o‘z umrini xazinaga erishish umidi bilan o‘tkazar edi. Ittifoqo, shuncha mashaqqat chekkandan so‘ng baxti chopib, u xazinani topib oldi. U qaziyotgan chuqurda bir eshik ko‘rindi. Ichkari kirgach, katta bir saroyga duch keldi. U yerda Faridun, yo‘q, balki Qorun xazinasiga teng qirqta xum turar edi. Telba bu boylikni ko‘rib hushidan ketib qoldi. Shu orada bu erga bir ablah kishi yetib keldi. U xazina oldida hushidan ketib yotgan devonani ko‘rdi va hech bir ikkilanmay pichoq sanchib, uning qonini to‘kdi.
Shunday qilib, uning yashashdan maqsadi xazinaga erishmoq edi. Ammo u boru yo‘q sarmoyasidan — hayotidan ajralib qoldi.

Alisher Navoiyning “Lisonut-tayr” asaridan.