Uysiz, joysiz butunlay darbadar bir odam zindonga tushdi. Puli yo‘q, kimning qo‘lida non ko‘rsa, qo‘lidan tortib olar, qayerda yegulik, ichgulik topilsa, o‘sha yoqqa borardi. Zindondagilar bu odamdan bezor bo‘lib, soqchiga shikoyat qila boshladilar:
Tezda salomimizni qoziga yetkaz, bu pastkash odamdan ranjiganimizni, bezor bo‘lganimizni ayt. Bu ochofat, yeb to‘ymas pashsha kabi tong otmasdan har yegulikka qo‘nadi. Oltmish kishinyng taomi unga yetmaydi. Jonimizga tegdi. Bizni bu odamdan qutqarsin!.
Soqchi mahkumlarning tilagini qoziga yetkazdi. Qozi odamni zindondan chaqirtirdi. Surab surishtirdi. nixoyat mahkumlarning haq ekani aniq bo‘ldi. Darbadarga qarab:
— Tez zindondan yo‘qol . Bor, uyingga ket, ko‘zimizga ko‘rinma deya xaqoratladi. Yuzsiz odam qoziga:
— Agar meni zindondan haydasang, ochliqtan o‘laman. Mening na uyim, na mol mulkim bor. Zindon menga jannat. Men g‘irt darbadarman, dedi. Qozi yana surishtirib chiqdi. Haqiqatdan ham bu odamning hech kimi yo‘qligi, firibgar bir darbadar ekani ma’lum bo‘ldi.
Jarchilarni chaqirtirib shu amrni berdi:
— Bu odamni shaharda aylantiring, bu ahmoq va muttaham darbadardir” deya e’lon qiling. Hech kim unga qarz bermasin, narsa sotmasin.
Jarchilar odamni mahkam bog‘ladilar. Uni shu yerdan o‘tayotgan bir o‘tinchining tuyasiga mindirdilar. Tuyakash:
— Rahm kdlinglar, mening ishim bor, desa ham hech kim quloq osmadi, eshitmadi.
Tuyaning tizginini qo‘liga berdilar. Jarchilar dovul chalib, shaharni aylandilar. Xalqqa:
“Ey odamlar, shu tuyaga mingan odamni yaxshi tanib oling. Bu odam hiylagar, mutgaham, darbadardir. Unga nasiyaga narsa sotmang, qarzga pul bermang. Hatto sizga, sotish uchun ho‘kiz keltirsa ham ishonmang. Agar aldanib, bu odamdan da’vo qilsangiz, hech qanday jazoga tortilmaydi, zindonga ham tashlanmaydi. Yaxshilab ko‘rib, tanib oling!” deya e’lon kilishardi. Shu holatda maydonlarni, ko‘chalarni kezdilar. Qorong‘u tushgach, odamni tuyadan tushirib qo‘yib yubordilar. Tuyakash darhol darbadar odamning yoqasiga yopishdi:
Hoy qayoqqa ketyapsan? Kechgacha seni bekorga aylantirdimmi? Insofing bormi? Hech bo‘lmasa tuyamning somon pulini berib ket… dedi.
Darbadar odam tuyakashga shunday dedi:
— Ey, senda o‘zi aql bormi? Biz kechgacha nima deb aylandik… Qulog‘ing tom bitganmi? Dovul chalib jarchilar tomoqlarini yirtdilarku. “Bu odam darbadar, puli yo‘q, aldanmang”, deya yetti qavat osmonga eshittirdilar. Ajabo, sening qulog‘ing ta’magirlik bilan to‘lganmi? Ta’magirlik insonni ham kar, ham ko‘r qiladi
Tuyakash turgan joyida qotib qoldi.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan