Agar sen barcha ishtibohlarga eshigingni berkitsang, haqiqat ham tashqarida qoladi.
* * *
Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz.
* * *
Er-xotinlik – san’at va uni har kuni yangilab turish kerak.
* * *
Shunchaki qarab yoki turib dengizni kesib o‘ta olmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.
* * *
Hatto qaroqchilar to‘dasi ham qandaydir axloq talablariga rioya etishi kerak; ular butun dunyoni talashlari mumkin, lekin bir-birlarini emas.
* * *
Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.
* * *
Ruhingni tushirma, niyatingdan qaytma. Do‘stim, sening yo‘ling bitta: o‘zingni takomillashtir va begonaga xizmat qilma. Muhokamalaru to‘siqlardan cho‘chima.
* * *
Iztirob hayotdagi barcha qadrli narsalar: kuch-quvvat, aql-farosat, muhabbat uchun to‘lovdir.
* * *
Mast o‘zini qanchalik baxtiyor his etmasin, u haqiqiy baxtdan juda uzoq. Chunki uning bu baxti boshqalar uchun ko‘rgilik; bugungi baxti ertangi baxtsizligidir.
* * *
Kuchini ko‘rsataveradigan odam kuchsizligini isbotlaydi, xolos.
* * *
Maqtov meni pastga uradi, chunki uni ichimda o‘zim so‘rab turaman.
* * *
Qurigan daryoga o‘tmishi sabab rahmat aytmaydilar.
* * *
Yaxshi gaplarni ko‘pchilik gapirishi mumkin, lekin tinglay oladiganlar kam, sababi, u aqlning kuchini talab etadi.
* * *
Vijdonimizning ovozini eshitmaslik uchun shovqinli olomon ichiga o‘zimizni uramiz.
* * *
Yulduzlar o‘zlarini tillaqo‘ng‘iz deb o‘ylashlaridan qo‘rqmaydi.
* * *
Muhabbatning haqiqiy go‘zalligini faqat sadoqatli ayolgina his qiladi.
* * *
Odam hayvonga aylanganda hayvondan yomondir.
* * *
Rohat-farog‘atlarga ko‘milib, lazzat hissidan mosuvo bo‘lamiz.
* * *
Baxt o‘zini tiya oladigan odamlarga nasib etadi. Orzularing amalga oshishini istasang, ularni tiyib tura bil.
* * *
Hamma haqiqatni aytishga chog‘lanmagan paytingda samimiy bo‘lish oson.
* * *
Pessimizm qalb alkogolizmining bir ko‘rinishidir.
Orif Tolib tarjimasi
«Yoshlik» jurnali, 2017 yil, 5-son