Aslida barcha kitoblar muallifning do‘stlari uchun qalamga olinadi.
* * *
Oson qo‘lga kiritilgan baxt uzoq davom etmaydi.
* * *
Aql va donolik bizga zarur bo‘lmagan yoshda nasib etadi.
* * *
Tabassum qil! Darding sendan lazzatlanishiga yo‘l qo‘yma!
* * *
Boshqalarning seni qanday qabul qilishgani kabi bo‘lmaslikning iloji yo‘q.
* * *
Agar ichimizdagi bolakayga quloq solsak, ko‘zlarimizga qaytadan nur kiradi. Agar o‘sha bolakay bilan bog‘liqlik rishtasini yo‘qotmasak hayot bilan aloqamiz ham uzilmaydi.
* * *
Yashashning yagona vositasi – xotirlaring bo‘g‘zingdan olishiga imkon bermaslikdir.
* * *
Men Xudoga ishonmasam-da undan qo‘rqaman.
* * *
O‘lim insonni vaqti yetganida emas, kuchi yetanida mahv etadi.
* * *
Dunyo sekin-asta intiho sari odimlamoqda. Chunki, mo‘jizalar ro‘y bermay qo‘ydi.
* * *
Ilhom parisi faqat ishlayotganingda keladi.
* * *
Adabiyot – insonlar bilan hazillashish uchun eng yaxshi tomoshadir.
* * *
Xato qilish insonga xos xususiyat, o‘z xatongni boshqa birovga to‘nkay olish esa ikki karra o‘ziga xos xususiyatdir.
* * *
Agar qaysidir ishga ayol aralashgan bo‘lsa, aminmanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Menga bari kundek ravshan, dunyoni aslida ayollar boshqaradi.
* * *
Hamma yuksaklikda yashashga intiladi, anglashmaydiki, asl baxt o‘sha yuksaklikka chiqish lahzalaridadir.
* * *
Yaxshi ishtaha uchun yomon ovqat bo‘lmaydi.
* * *
O‘zi bilan o‘zi ziddiyatga bormaydigan yozuvchi asl ijodkor emasdir.
* * *
Hammasi tugagani uchun yig‘lama, yaxshisi jilmay, chunki har holda bular yuz berdi.
* * *
Keksalikning yagona siri yolg‘izlik bilan kelisha olishdadir.
To‘plovchi va tarjimon: Rahmat Bobojon