Suvon Meli. XX asrning eng yaxshi asarlari

Suvon Meli — adabiyotshunos olim.

1. XX asr jahon adabiyotining 10 eng yaxshi asari deb qaysi asarlarni tilga olasiz?

1. Uilyam Folkner. «Suronu qahr» (roman).
2. Mixail Sholoxov. «Tinch Don» (roman).
3. Ernest Xeminguey. «Chol va dengiz» (qissa).
4. Mixail Bulgakov. «Usta va Margarita» (roman).
5. Tomas Mann. «Doktor Faustus» (roman).
6. Frants Kafka. «Evrilish» (hikoya).
7. Chingiz Aytmatov. «Oqkema» (qissa).
8. Kabo Abe. «Qumdagi xotin» (roman).
9. Gabriel Garsia Markes. «Yolg‘izlikning yuz yili» (roman).
10. Boris Pasternak. «Doktor Jivago» (roman).

2. XX asr o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi 10 asarni tilga oling.

1. Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar» (roman).
2. Hamza va Komil Yashin. «Boy ila xizmatchi» (drama).
3. Oybek. «Qutlug‘ qon» (roman).
4. G‘afur G‘ulom. «Shum bola» (qissa).
5. Cho‘lpon. «Go‘zal» (she’r).
6. Usmon Nosir. «Nil va Rim» (she’r).
7. Hamid Olimjon. «O‘rik gullaganda» (she’r).
8. G‘afur G‘ulom. «Sen yetim emassan» (she’r).
9. Abdulla Oripov. «Sen bahorni sog‘inmadingmi?» (she’r).
10. Mirtemir. «Onaginam» (she’r).

Manba: «Hurriyat» gazetasi, 1999 yil, 12-18 may soni.