Guardian: Barcha davrlarning eng yaxshi 100 kitobi

Norvegiya kitoblar klubi 2002 yili 54 ta davlatdan eng mashhur yuzdan ortiq yozuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Buyuk Britaniyaning “Guardian” gazetasi ushbu so‘rovnoma asosida barcha zamonlarning eng yaxshi 100 kitob nomini e’lon qilgan.

Dunyoning eng mashhur yozuvchilari fikriga ko‘ra, ispan yozuvchisi Migel Servantesning “Don Kixot” romani barcha davrlarning eng yaxshi kitobi deb e’lon qilingan.

Ro‘yxatdan eng ko‘p angliyalik ijodkorlar asarlari o‘rin olgan (14 ta). Frantsiyalik yozuvchilarning 11 ta, rossiyalik adiblarning 10 ta, AQShlik yozuvchilarning 9 nomdagi kitobi ushbu reytingdan o‘rin egallagan. Sharqning buyuk didaktik asarlari — Shayx Sa’diyning “Bo‘ston”, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy” kitoblari, shuningdek, hindlarning “Ramayana” va “Mahabhorat” dostoni, “Ming bir kecha” ertaklari ham kiritilgan.

Eng yaxshi kitoblar 100 taligi ro‘yxati alifbo asosida e’lon qilingan.

1. 1984, Jorj Oruell, Angliya (1903-1950)
2. Qo‘g‘irchoq uy (A Doll’s House), Genrik Ibsen, Norvegiya (1828-1906)
3. Hislar tarbiyasi (A Sentimental Education), Gustav Flober, Frantsiya (1821-1880)
4. Avessalom, Avessalom (Absalom, Absalom!), Uilyam Folkner, AQSh (1897-1962)
5. Geklberri Finning sarguzashtlari (The Adventures of Huckleberry Finn), Mark Tven, AQSh (1835-1910)
6. Eneida (The Aeneid), Vergiliy, Italiya (e.a. 70-19)
7. Anna Karenina (Anna Karenina), Lev Tolstoy, Rossiya (1828-1910)
8. Sevikli (Beloved), Toni Morrison, AQSh (1931)
9. Berlin, Aleksanderplats (Berlin Alexanderplatz), Alfred Dyoblin, Germaniya (1878-1957)
10. So‘qirlik (Blindness), Joze Saramago, Portugaliya (1922-2010)
11. Bezovtalik haqida kitob (The Book of Disquiet), Fernando Pessoa, Portugaliya (1888-1935)
12. Ayyub kitobi (The Book of Job), Isroil (e.a. 600-400)
13. Aka-uka Karamazovlar (The Brothers Karamazov), Fyodor Dostoyevskiy, Rossiya (1821-1881)
14. Buddenbroklar (Buddenbrooks), Tomas Mann, Germaniya (1875-1955)
15. Kenterberiy hikoyalari (Canterbury Tales), Jeffri Choser, Angliya (1340-1400)
16. Qo‘rg‘on (The Castle), Frants Kafka, Bogemiya, (1883-1924)
17. Mahallamiz bolalari (Children of Gebelawi), Najib Mahfuz, Misr (1911-2006)
18. Asarlar to‘plami (Collected Fictions), Xorxe Luis Borxes, Argentina (1899-1986)
19. She’riy asarlar (Complete Poems), Jakomo Leopardi, Italiya (1798-1837)
20. Hikoyalar (The Complete Stories) Frants Kafka, Bogemiya (1883-1924)
21. Hikoyalar (The Complete Tales), Edgar Allan Po, AQSh (1809-1849)
22. Zenoning o‘zini anglashi (Confessions of Zeno), Italo Svevo, Italiya (1861-1928)
23. Jinoyat va jazo (Crime and Punishment), Fyodor Dostoyevskiy, Rossiya (1821-1881)
24. O‘lik jonlar (Dead Souls), Nikolay Gogol, Rossiya (1809-1852)
25. Ivan Ilichning o‘limi va boshqa hikoyalar (The Death of Ivan Ilyich and Other Stories), Lev Tolstoy, Rossiya (1828-1910)
26. Dekameron (Decameron), Jovanni Bokkachcho, Italiya (1313-1375)
27. Buyuk so‘qmoqlar aro (The Devil to Pay in the Backlands), Juan Gimarayns Roza, Braziliya (1880-1967)
28. Telbaning kundaliklari va boshqa hikoyalar (Diary of a Madman and Other Stories), Lu Sin, Xitoy (1881-1936)
29. Ilohiy komediya (The Divine Comedy), Dante Aligeri, Italiya (1265-1321)
30. Don Kixot (Don Quixote), Migel de Servantes, Ispaniya (1547-1616)
31. Esselar (Essays), Mishel de Monten, Frantsiya (1533-1592)
32. Ertaklar va hikoyalar (Fairy Tales and Stories), Gans Xristian Andersen, Daniya (1805-1875)
33. Faust (Faust), Iogann Volfgang Gyote, Germaniya (1749-1832)
34. Gargantyua va Pantagryuel (Gargantua and Pantagruel), Fransua Rable, Frantsiya (1495-1553)
35. Gilgamesh dostoni (Gilgamesh), Mesopotamiya (e.a. 1800)
36. Oltin daftar (The Golden Notebook), Doris Lessing, Angliya (1919-2013)
37. Buyuk umidlar (Great Expectations), Charlz Dikkens, Angliya (1812-1870)
38. Gulliverning sayohatlari (Gulliver’s Travels), Jonatan Svift, Irlandiya (1667-1745)
39. Lo‘lilar balladasi (Gypsy Ballads), Federiko Garsia Lorka, Ispaniya (1898-1936)
40. Hamlet (Hamlet), Uilyam Shekspir, Angliya (1564-1616)
41. Tarix (History), Elza Morante, Italiya (1918-1985)
42. Ochlik (Hunger), Knut Xamsun, Norvegiya (1859-1952)
43. Telba (The Idiot), Fyodor Dostoyevskiy, Rossiya (1821-1881)
44. Iliada (The Iliad), Homer, Gretsiya (e.a. 700)
45. Hur insonlar (Independent People), Xalldor Laksness, Islandiya (1902-1998)
46. Ko‘rinmas odam (Invisible Man), Ralf Ellison, AQSh (1914-1994)
47. Fatalist Jak va uning xo‘jayini (Jacques the Fatalist and His Master), Deni Didro, Frantsiya (1713-1784)
48. Tunning oxiriga sayohat (Journey to the End of the Night), Lui-Ferdinand Selin, Frantsiya (1894-1961)
49. Qirol Lir (King Lear), Uilyam Shekspir, Angliya (1564-1616)
50. Maysa yaprog‘i (Leaves of Grass), Uolt Uitmen, AQSh (1819-1892)
51. Tristram Shendining hayoti va fikrlari (The Life and Opinions of Tristram Shandy), Lorens Stern, Irlandiya (1713-1768)
52. Lolita (Lolita), Vladimir Nabokov, Rossiya/AQSh (1899-1977)
53. Vabo paytidagi muhabbat (Love in the Time of Cholera), Gabriel Garsia Markes, Kolumbiya (1928-2014)
54. Bovari xonim (Madame Bovary), Gustav Flober, Frantsiya (1821-1880)
55. Sehrli tog‘ (The Magic Mountain), Tomas Mann, Germaniya (1875-1955)
56. Mahabhorat (Mahabharata), Hindiston (e.a. 500)
57. Hech bir xususiyatsiz odam (The Man Without Qualities), Robert Muzil, Avstriya (1880-1942)
58. Masnaviy (The Mathnawi), Jaloliddin Rumiy, Afg‘oniston (1207-1273)
59. Medeya (Medea), Yevripid, Gretsiya (e.a. 480-406)
60. Adrianning esdaliklari (Memoirs of Hadrian), Margerit Yursenar, Frantsiya (1903-1987)
61. Metamorfozalar (Metamorphoses), Ovidiy, Italiya (e.a. 43)
62. Middlmarch (Middlemarch), Jorj Eliot, Angliya (1819-1880)
63. Yarim tun bolalari (Midnight’s Children), Salmon Rushdiy, Hindiston/Buyuk Britaniya (1947)
64. Mobi Dik (Moby-Dick), Xerman Melvill, AQSh (1819-1891)
65. Missis Delouey (Mrs. Dalloway), Virjiniya Vulf, Angliya (1882-1941)
66. Nyal haqida saga (Njaals Saga), Islandiya (1300)
67. Nostromo (Nostromo), Jozef Konrad, Angliya (1857-1924)
68. Odissey (The Odyssey), Homer, Gretsiya (e.a. 700)
69. Shoh Edip (Oedipus the King), Sofokl, Gretsiya (e.a. 496-406)
70. Gorio ota (Old Goriot), Onore de Balzak, Frantsiya (1799-1850)
71. Chol va dengiz (The Old Man and the Sea), Ernest Xeminguey, AQSh (1899-1961)
72. Yolg‘izlikning yuz yili (One Hundred Years of Solitude), Gabriel Garsia Markes, Kolumbiya (1928-2014)
73. Bo‘ston (The Orchard), Shayx Sa’diy, Eron (1200-1292)
74. Otello (Othello), Uilyam Shekspir, Angliya (1564-1616)
75. Pedro Paramo (Pedro Paramo), Xuan Rulfo, Meksika (1918-1986)
76. Pippi ko‘chmoqda (Pippi Longstocking), Astrid Lindgren, Shvetsiya (1907-2002)
77. She’rlar (Poems), Paul Selan, Ruminiya/Frantsiya (1920-1970)
78. Jinlar (The Possessed), Fyodor Dostoyevskiy, Rossiya (1821-1881)
79. G‘urur va xurofot (Pride and Prejudice), Jeyn Ostin, Angliya (1775-1817)
80. Ramayana (The Ramayana), Valmiki, Hindiston (e.a. 300)
81. Shakuntalaning iqrori (The Recognition of Sakuntala), Kalidasa, Hindiston (400)
82. Qizil va qora (The Red and the Black), Stendal, Frantsiya (1783-1842)
83. Yo‘qotilgan vaqtni qidirib (Remembrance of Things Past), Marsel Prust, Frantsiya (1871-1922)
84. Shimolga ko‘chish mavsumi (Season of Migration to the North), Toyib Solih, Sudan (1929-2009)
85. Tanlangan hikoyalar (Selected Stories), Anton Chexov, Rossiya (1860-1904)
86. O‘g‘illar va jazmanlar (Sons and Lovers), Deyvid Gerbert Lourens, Angliya (1885-1930)
87. Shovqin va g‘alayon (The Sound and the Fury), Uilyam Folkner, AQSh (1897-1962)
88. Tog‘lar sadosi (The Sound of the Mountain), Yasunari Kavabata, Yaponiya (1899-1972)
89. Begona (The Stranger), Alber Kamyu, Frantsiya (1913-1960)
90. Gendzi haqida qissa (The Tale of Genji), Murasaki Sikibu, Yaponiya (1000)
91. Vayronalik kelmoqda (Things Fall Apart), Chinua Achebe, Nigeriya (1930-2013)
92. Ming bir kecha (Thousand and One Nights), Hindiston/Eron/Iroq/Misr (700-1500)
93. Tunuka baraban (The Tin Drum), Gyunter Grass, Germaniya (1927-2015)
94. Mayoqda (To the Lighthouse), Virjiniya Vulf, Angliya (1882-1941)
95. Jarayon (The Trial), Frants Kafka, Bogemiya (1883-1924)
96. Trilogiya: Molloy, Melon o‘lmoqda, Nomsiz (Trilogy: Molloy, Malone Dies, The Unnamable), Semyuel Bekket, Irlandiya (1906-1989)
97. Uliss (Ulysses), Jeyms Joys, Irlandiya (1882-1941)
98. Urush va tinchlik (War and Peace), Lev Tolstoy, Rossiya (1828-1910)
99. Bo‘ronli dovonlar (Wuthering Heights), Emili Bronte, Angliya (1818-1848)
100. Grek Zorba (Zorba the Greek), Nikos Kazandzakis, Gretsiya (1883-1957)