BBC: barcha davrlarning yang yaxshi 200 ta romani

2003 yili Buyuk Britaniyaning BBC korporatsiyasi barcha zamonlarning eng yaxshi romanlarini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazgan. Bir yil davomida Buyuk Britaniyaliklarning eng yaxshi ko‘rgan kitoblarini aniqlash uchun 1 millionga yaqin ovoz yig‘ilgan. Ovozlar sayt, SMS va qo‘ng‘iroqlar orqali to‘plangan. Yil davomida ushbu so‘rovnoma bo‘yicha ommaviy mutolaa kechalari tashkil etilgan, televideniyeda ko‘rsatuvlar qilingan, mashhur kishilar o‘zlari yoqtirgan kitoblarini targ‘ib qilganlar.

Dastlabki bosqichda britaniyaliklar ovoz bergan eng yaxshi kitoblar natijasiga ko‘ra, kuchli 200 talik ro‘yxat tuzilgan. Eng katta natijani qo‘lga kiritgan 21 roman (bir muallifning faqatgina bitta asari olingan) keyingi bosqichda baholangan.

Kuchli 200 talikdan asarlari eng ko‘p o‘rin olgan angliyalik yozuvchilar Terri Pratchett (15 ta romani o‘rin olgan), Jaklin Uilson (14), Roald Dal (9), Charlz Dikkens (7), Tomas Xardi (4), Joan Roulingdir (4). Shuningdek ro‘yxatdan Viktor Gyugoning “Xo‘rlanganlar”, Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik”, “Anna Karenina”, Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”, Aleksandr Dyumaning “Graf Monte Kristo”, Jeyms Joysning “Uliss”, Gabriel Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Vabo paytidagi muhabbat” kabi asarlari ham o‘rin olgan.

BBC: Barcha davrlarning yang yaxshi 200 ta romani

1. “Uzuklar hukmdori”, Jon R.R.Tolkin (The Lord of the Rings by J. R. R. Tolkien)
2. “G‘urur va xurofot”, Jeyn Ostin (Pride and Prejudice by Jane Austen)
3. “Qorong‘u ibtido”, Filipp Pulman (His Dark Materials by Philip Pullman)
4. “Xichxikerning galaktika bo‘ylab sayohati”, Duglas Adams (The Hitchhiker’s Guide to the Galaxy by Douglas Adams)
5. “Garri Potter va Olov kubogi”, Joan Rouling (Harry Potter and the Goblet of Fire by J. K. Rowling)
6. “Masxarachini o‘ldirish”, Xarper Li (To Kill a Mockingbird by Harper Lee)
7. “Vinni Pux”, Aleksandr Miln (Winnie-the-Pooh by A. A. Milne)
8. “1984”, Jorj Oruell (Nineteen Eighty-Four by George Orwell)
9. “Sher, Yalmog‘iz va kiyim shkafi”, Klayv Lyuis (The Lion, the Witch and the Wardrobe by C. S. Lewis)
10. “Jeyn Eyr”, Sharlotta Bronte (Jane Eyre by Charlotte Brontë)
11. “Hiyla-22”, Jozef Xeller (Catch-22 by Joseph Heller)
12. “Bo‘ronli dovonlar”, Emili Bronte (Wuthering Heights by Emily Brontë)
13. “Qushlar xonishi”, Sebastyan Folks (Birdsong by Sebastian Faulks)
14. “Rebekka”, Dafna Dyumore (Rebecca by Daphne du Maurier)
15. “Zang ostida yo‘q bo‘lib”, Jerom Selinjer (The Catcher in the Rye by J. D. Salinger)
16. “Tollar uzra shamol”, Kennet Grem (The Wind in the Willows by Kenneth Grahame)
17. “Buyuk umidlar”, Charlz Dikkens (Great Expectations by Charles Dickens)
18. “Mitti ayollar”, Luiza Mey Olkott (Little Women by Louisa May Alcott)
19. “Kapitan Korellining madolinasi”, Lui de Berner (Captain Corelli’s Mandolin by Louis de Bernières)
20. “Urush va tinchlik”, Lev Tolstoy (War and Peace by Leo Tolstoy)
21. “Shamollarda qolgan hislarim”, Margaret Mitchell (Gone with the Wind by Margaret Mitchell)
22. “Garri Potter va Falsafiy tosh”, Joan Rouling (Harry Potter and the Philosopher’s Stone by J. K. Rowling)
23. “Garri Potter va Sirli xona”, Joan Rouling (Harry Potter and the Chamber of Secrets by J. K. Rowling)
24. “Garri Potter va Azbakan mahbusi”, Joan Rouling (Harry Potter and the Prisoner of Azkaban by J. K. Rowling)
25. “Xobbit”, Jon R.R.Tolkin (The Hobbit by J. R. R. Tolkien)
26. “d‘Erbervilleylik Tess”, Tomas Xardi (Tess of the d’Urbervilles by Thomas Hardy)
27. “Middlmarch”, Jorj Eliot (Middlemarch by George Eliot)
28. “Ouen Mini uchun duo”, Jon Irving (A Prayer for Owen Meany by John Irving)
29. “G‘azab shingillari”, Jon Steynbek (The Grapes of Wrath by John Steinbeck)
30. “Alisa mo‘jizalar mamlakatida”, Lyuis Kerroll (Alice’s Adventures in Wonderland by Lewis Carroll)
31. “Treysi Biker kundaligi”, Jaklin Uilson (The Story of Tracy Beaker by Jacqueline Wilson)
32. “Yolg‘izlikning yuz yili”, Gabriel Garsia Markes (One Hundred Years of Solitude by Gabriel García Márquez)
33. “Erning tirgagi”, Ken Follet (The Pillars of the Earth by Ken Follett)
34. “Devid Kopperfild”, Charlz Dikkens (David Copperfield by Charles Dickens)
35. “Charli va shokolad fabrikasi”, Roald Dal (Charlie and the Chocolate Factory by Roald Dahl)
36. “Xazinalar oroli”, Robert Lyuis Stivenson (Treasure Island by Robert Louis Stevenson)
37. “Elisga o‘xshagan shahar”, Nevil Shyut (A Town Like Alice by Nevil Shute)
38. “E’tiqod”, Jeyn Ostin (Persuasion by Jane Austen)
39. “Qumtepa”, Frenk Xerbert (Dune by Frank Herbert)
40. “Emma”, Jeyn Ostin (Emma by Jane Austen)
41. “Yashil boloxonadagi Anna”, Lyusi Mod Montgomeri (Anne of Green Gables by Lucy Maud Montgomery)
42. “Adir sohiblari”, Richard Adams (Watership Down by Richard Adams)
43. “Buyuk Getsbi”, Frensis Skott Fitsjerald (The Great Gatsby by F. Scott Fitzgerald)
44. “Graf Monte Kristo”, Aleksandr Dyuma (The Count of Monte Cristo by Alexandre Dumas)
45. “Braydsxedga qaytish”, Ivlin Vo, (Brideshead Revisited by Evelyn Waugh)
46. “Molxona”, Jorj Oruell (Animal Farm by George Orwell)
47. “Rojdestvo”, Charlz Dikkens (A Christmas Carol by Charles Dickens)
48. “Telba olomondan yiroqda”, Tomas Xardi (Far from the Madding Crowd by Thomas Hardy)
49. “Xayrli tun, janob Tom”, Mishel Magorian (Goodnight Mister Tom by Michelle Magorian)
50. “Oilaviy yodgorlik”, Rozamund Pilcher (The Shell Seekers by Rosamunde Pilcher)
51. “Sirli bog‘”, Frensis Bernett (The Secret Garden by Frances Hodgson Burnett)
52. “Sichqonlar va odamlar haqida”, Jon Steynbek (Of Mice and Men by John Steinbeck)
53. “Qarshilik”, Stiven King (The Stand by Stephen King)
54. “Anna Karenina”, Lev Tolstoy (Anna Karenina by Leo Tolstoy)
55. “Binoyi kuyov”, Vikram Set (A Suitable Boy by Vikram Seth)
56. “Ulkan mehribon maxluq”, Roald Dal (The BFG by Roald Dahl)
57. “Qaldirg‘ochlar va amazonkalar”, Artur Rensom (Swallows and Amazons by Arthur Ransome)
58. “Yoqimtoy qoravoy”, Anna Syuell (Black Beauty by Anna Sewell)
59. “Artemis Faul”, Yon Kolfer (Artemis Fowl by Eoin Colfer)
60. “Jinoyat va jazo”, Fyodor Dostoyevskiy (Crime and Punishment by Fyodor Dostoyevsky)
61. “Kristik-nol”, Melori Blekmen (Noughts & Crosses by Malorie Blackman)
62. “Geysha xotiralari”, Artur Golden (Memoirs of a Geisha by Arthur Golden)
63. “Ikki shahar haqida qissa”, Charlz Dikkens (A Tale of Two Cities by Charles Dickens)
64. “Olxo‘rizor qushlari”, Kolin Makkalou (The Thorn Birds by Colleen McCullough)
65. “Mor”, Terri Pratchett (Mort by Terry Pratchett)
66. “Olisdagi sehrli daraxt”, Enid Blayton (The Magic Faraway Tree by Enid Blyton)
67. “Jodugar”, Jon Faulz (The Magus by John Fowles)
68. “Ezgu alomatlar”, Nil Geyman va Terri Pratchett (Good Omens by Neil Gaiman and Terry Pratchett)
69. “Qo‘riqchi! Qo‘riqchi!”, Terri Pratchett (Guards! Guards! by Terry Pratchett)
70. “Pashshalar hukmdori”, Uilyam Golding (Lord of the Flies by William Golding)
71. “Attor”, Patrik Zyuskind (Perfume by Patrick Süskind)
72. “Yirtiq ishtonli filantroplar”, Robert Tressell (The Ragged-Trousered Philanthropists by Robert Tressell)
73. “Tungi qo‘riqchi”, Terri Pratchett (Night Watch by Terry Pratchett)
74. “Matilda”, Roald Dal (Matilda by Roald Dahl)
75. “Bridjit Jons kundaligi”, Helen Filding (Bridget Jones’s Diary by Helen Fielding)
76. “Sirli hikoya”, Donna Tartt (The Secret History by Donna Tartt)
77. “Oq kiyingan ayol”, Vilki Kollinz (The Woman in White by Wilkie Collins)
78. “Uliss”, Jeyms Joys (Ulysses by James Joyce)
79. “Sovuq uy”, Charlz Dikkens (Bleak House by Charles Dickens)
80. “Egizaklar”, Jaklin Uilson (Double Act by Jacqueline Wilson)
81. “Tvitlar oilasi”, Roald Dal (The Twits by Roald Dahl)
82. “Qasrni egallayman”, Dodi Smit (I Capture the Castle by Dodie Smith)
83. “Chuqurlar”, Luis Seyker (Holes by Louis Sachar)
84. “Gormengast”, Mervin Pik (Gormenghast by Mervyn Peake)
85. “Mayda-chuydalar ilohi”, Arundati Roy (The God of Small Things by Arundhati Roy)
86. “Viki Angel”, Jaklin Uilson (Vicky Angel by Jacqueline Wilson)
87. “Hayratli yangi dunyo haqida”, Oldos Xaksli (Brave New World by Aldous Huxley)
88. “Noqulay ferma”, Stella Gibbons (Cold Comfort Farm by Stella Gibbons)
89. “Sehrgar”, Raymond Feyst (Magician by Raymond E. Feist)
90. “Yo‘lda”, Jek Keruak (On the Road by Jack Kerouac)
91. “Cho‘qintirgan ota”, Mario Pyuzo (The Godfather by Mario Puzo)
92. “G‘or ayig‘i klani”, Jin Auel (The Clan of the Cave Bear by Jean M. Auel)
93. “Afsun rangi”, Terri Pratchett (The Colour of Magic by Terry Pratchett)
94. “Alkimyogar”, Paulo Koelo (The Alchemist by Paulo Coelho)
95. “Ketrin”, Anya Seton (Katherine by Anya Seton)
96. “Keyn va Abel”, Jeffri Archer (Kane and Abel by Jeffrey Archer)
97. “Vabo paytidagi muhabbat”, Gabriel Garsia Markes (Love in the Time of Cholera by Gabriel García Márquez)
98. “Muhabbat qidirgan qizlar”, Jaklin Uilson (Girls in Love by Jacqueline Wilson)
99. “Malikaning kundaligi”, Meg Kebot (The Princess Diaries by Meg Cabot)
100. “Yarim tun bolalari”, Salmon Rushdiy (Midnight’s Children by Salman Rushdie)
101. “Qayiqdagi uch kishi”, Jerom K. Jerom (Three Men in a Boat by Jerome K. Jerome)
102. “Milli ilohlar”, Terri Pratchett (Small Gods by Terry Pratchett)
103. “Plyaj”, Aleks Garlend (The Beach by Alex Garland)
104. “Drakula”, Brem Stoker (Dracula by Bram Stoker)
105. “Oq cho‘qqi”, Entoni Horovits (Point Blanc by Anthony Horowitz)
106. “Pikvik hujjatlari”, Charlz Dikkens (The Pickwick Papers by Charles Dickens)
107. “Bo‘ronlarni buzuvchi”, Entoni Horovits (Stormbreaker by Anthony Horowitz)
108. “Arilar fabrikasi”, Ien Benks (The Wasp Factory by Iain Banks)
109. “Shoqol kuni”, Frederik Forsayt (The Day of the Jackal by Frederick Forsyth)
110. “Chizilgan ona”, Jaklin Uilson (The Illustrated Mum by Jacqueline Wilson)
111. “Bilinmas Jud”, Tomas Xardi (Jude the Obscure by Thomas Hardy)
112. “Adrian Moulning sirli kundaligi”, Syu Taunsend (The Secret Diary of Adrian Mole, Aged 13¾ by Sue Townsend)
113. “Shafqatsiz dengiz”, Nikolas Monsarrat (The Cruel Sea by Nicholas Monsarrat)
114. “Xo‘rlanganlar”, Viktor Gyugo (Les Misérables by Victor Hugo)
115. “Kesterbrij meri”, Tomas Xardi (The Mayor of Casterbridge by Thomas Hardy)
116. “Qaltis o‘yin”, Jaklin Uilson (The Dare Game by Jacqueline Wilson)
117. “Shum qizlar”, Jaklin Uilson (Bad Girls by Jacqueline Wilson)
118. “Dorian Grey portreti”, Oskar Uayld (The Picture of Dorian Gray by Oscar Wilde)
119. “Segun”, Jeyms Klavell (Shōgun by James Clavell)
120. “Triffidlar kuni”, Jon Uindem (The Day of the Triffids by John Wyndham)
121. “Lola Roza”, Jaklin Uilson (Lola Rose by Jacqueline Wilson)
122. “Manmanlik ko‘rgazmasi”, Uilyam Tekkerey (Vanity Fair by William Makepeace Thackeray)
123. “Forsaytlar haqida saga”, Jon Golsuorsi (The Forsyte Saga by John Galsworthy)
124. “Bargdan yasalgan uy”, Mark Danilevski (House of Leaves by Mark Z. Danielewski)
125. “Zaharli o‘rmon kitobi”, Barbara Kingsolver (The Poisonwood Bible by Barbara Kingsolver)
126. “O‘roqchi”, Terri Pratchett (Reaper Man by Terry Pratchett)
127. “Angus, tasmalar va bo‘sa”, Luiz Rennison (Angus, Thongs and Full-Frontal Snogging by Louise Rennison)
128. “Baskerviley iti”, Artur Konan Doyl (The Hound of the Baskervilles by Arthur Conan Doyle)
129. “Egalik: Romans”, Antoniya Bayett (Possession: A Romance by A. S. Byatt)
130. “Usta va Margarita”, Mixail Bulgakov (The Master and Margarita by Mikhail Bulgakov)
131. “Xizmatkorning hikoyasi”, Margaret Etvud (The Handmaid’s Tale by Margaret Atwood)
132. “Denni — jahon chemptoni”, Roald Dal (Danny, the Champion of the World by Roald Dahl)
133. “Jannatdan sharqda”, Jon Steynbek (East of Eden by John Steinbeck)
134. “Jorj Marvelusni tuzatish”, Roald Dal (George’s Marvellous Medicine by Roald Dahl)
135. “Bashoratchi singillar”, Terri Pratchett (Wyrd Sisters by Terry Pratchett)
136. “Qirmizi rang”, Elis Uoker (The Color Purple by Alice Walker)
137. “To‘ng‘iz-ota”, Terri Pratchett (Hogfather by Terry Pratchett)
138. “39 bosqich”, Jon Byuken (The Thirty-Nine Steps by John Buchan)
139. “Ko‘zyoshdagi qizlar”, Jaklin Uilson (Girls in Tears by Jacqueline Wilson)
140. “Yotib qolinadigan kecha”, Jaklin Uilson (Sleepovers by Jacqueline Wilson)
141. “G‘arbiy frontda hech qanday o‘zgarish yo‘q”, Erix Mariya Remark (All Quiet on the Western Front by Erich Maria Remarque)
142. “Muzey yodgorliklari ortida”, Keyt Atkinson (Behind the Scenes at the Museum by Kate Atkinson)
143. “Hi-Fi”, Nik Xornbi (High Fidelity by Nick Hornby)
144. “U”, Stiven King (It by Stephen King)
145. “Jeyms va ulkan shaftoli”, Roald Dal (James and the Giant Peach by Roald Dahl)
146. “Yashil mil”, Stiven King (The Green Mile by Stephen King)
147. “Parvona”, Anri Sharer (Papillon by Henri Charrière)
148. “Armiyadagilar”, Terri Pratchett (Men at Arms by Terry Pratchett)
149. “Usta va qo‘mondon”, Patrik O‘Brayan (Master and Commander by Patrick O’Brian)
150. “Barcha eshiklar kaliti”, Entoni Horovits (Skeleton Key by Anthony Horowitz)
151. “Ruhiy musiqa”, Terri Pratchett (Soul Music by Terry Pratchett)
152. “Vaqt o‘g‘risi”, Terri Pratchett (Thief of Time by Terry Pratchett)
153. “Beshinchi elefant”, Terri Pratchett (The Fifth Elephant by Terry Pratchett)
154. “Tavba”, Ien Makyuen (Atonement by Ian McEwan)
155. “Sirlar”, Jaklin Uilson (Secrets by Jacqueline Wilson)
156. “Kumush hanjar”, Yan Serreyler (The Silver Sword by Ian Serraillier)
157. “Kakku uyasidan uzra parvoz”, Ken Kizi (One Flew Over the Cuckoo’s Nest by Ken Kesey)
158. “Zulmatning qalbi”, Jozef Konrad (Heart of Darkness by Joseph Conrad)
159. “Kim”, Redyard Kipling (Kim by Rudyard Kipling)
160. “Kelgindi”, Diana Gebldon (Cross Stitch by Diana Gabaldon)
161. “Mobi Dik”, Herman Melvill (Moby-Dick by Herman Melville)
162. “Daryo ilohi”, Uilbur Smit (River God by Wilbur Smith)
163. “Kunbotar qo‘shig‘i”, Lyuis Gressik Gibbon (Sunset Song by Lewis Grassic Gibbon)
164. “Kema xabarlari”, Enni Pru (The Shipping News by E. Annie Proulx)
165. “Garpning nigohidagi dunyo”, Jon Irving (The World According to Garp by John Irving)
166. “Lorna Dun”, Richard Blekmor (Lorna Doone by R. D. Blackmore)
167. “Sayoq qizlar”, Jaklin Uilson (Girls Out Late by Jacqueline Wilson)
168. “Olisdagi chodirlar”, Meri Margaret Key (The Far Pavilions by M. M. Kaye)
169. “Jodugarlar”, Roald Dal (The Witches by Roald Dahl)
170. “Sharlottaning to‘rlari”, Elvin Bruks Uayt (Charlotte’s Web by E. B. White)
171. “Frankenshteyn”, Meri Shelli (Frankenstein by Mary Shelley)
172. “Ular maysada o‘ynardilar”, Terri Veneybls va Gordon Uilyams (They Used to Play on Grass by Terry Venables and Gordon Williams)
173. “Chol va dengiz”, Ernest Xeminguey (The Old Man and the Sea by Ernest Hemingway)
174. “Atirgul nomi”, Umberto Eko (The Name of the Rose by Umberto Eco)
175. “Sofiyaning dunyosi”, Yosteyn Gorder (Sophie’s World by Jostein Gaarder)
176. “Axlat tozalovchi”, Jaklin Uilson (Dustbin Baby by Jacqueline Wilson)
177. “G‘aroyib janob Tulki”, Roald Dal (Fantastic Mr Fox by Roald Dahl)
178. “Lolita”, Vladimir Nabokov (Lolita by Vladimir Nabokov)
179. “Oqcharloq Jonatan Livingston”, Richard Bax (Jonathan Livingston Seagull by Richard Bach)
180. “Kichkina Shahzoda”, Antuan de Sent-Ekzyuperi (The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry)
181. “Chamadon bolalari”, Jaklin Uilson (The Suitcase Kid by Jacqueline Wilson)
182. “Oliver Tvistning sarguzashtlari”, Charlz Dikkens (Oliver Twist by Charles Dickens)
183. “Birdamlik kuchi”, Brays Kurtene (The Power of One by Bryce Courtenay)
184. “Sayles Marner”, Jorj Eliot (Silas Marner by George Eliot)
185. “Amerikalik telba”, Bret Iston Ellis (American Psycho by Bret Easton Ellis)
186. “Hechkimning kundaligi”, Jorj va Uidon Grossmit (The Diary of a Nobody by George and Weedon Grossmith)
187. “Igna ustida”, Irvin Uelsh (Trainspotting by Irvine Welsh)
188. “Vahimalar”, Robert Lourens Stayn (Goosebumps by R. L. Stine)
189. “Haydi”, Iohanna Shpiri (Heidi by Johanna Spyri)
190. “O‘g‘illar va jazmanlar”, Devid Gerbert Lourens (Sons and Lovers by D. H. Lawrence)
191. “Borliqning chidab bo‘lmas yengilligi”, Milan Kundera (The Unbearable Lightness of Being by Milan Kundera)
192. “Kishi va bolakay”, Toni Parsons (Man and Boy by Tony Parsons)
193. “Haqiqat”, Terri Pratchett (The Truth by Terry Pratchett)
194. “Dunyolar jangi”, Gerbert Uells (The War of the Worlds by H. G. Wells)
195. “Ot o‘rgatuvchi”, Nikolas Evans (The Horse Whisperer by Nicholas Evans)
196. “Muvozanat”, Roxinton Mstri (A Fine Balance by Rohinton Mistry)
197. “Xorijdagi jodugarlar”, Terri Pratchett (Witches Abroad by Terry Pratchett)
198. “Sobiq va kelajakdagi qirol”, Terens Uayt (The Once and Future King by T. H. White)
199. “Juda ochiqqan kapalakqurt”, Erik Karl (The Very Hungry Caterpillar by Eric Carle)
200. “Chordoqdagi gullar”, Virjiniya Endryus (Flowers in the Attic by V. C. Andrews)