Zulfiya. Asarlar: 3 jildlik [So‘zboshi muallifi S. Mamajonov]. 1-jild. Shalola: She’rlar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985.
O‘zbekiston xalq shoiri, Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati, Neru va «Nilufar» mukofotlarining laureati Zulfiyaning uch jildlik «Asarlar»i birinchi jildiga shoiraning 1931-1974 yillarda yozilgan she’rlari kiritilgan bo‘lib, ularda muhabbat va hijron, urush va tinchlik, ona quvonchi va iztiroblari kabi mavzular mahorat bilan yoritilgan. |
Zulfiya. Asarlar: 3 jildlik. 2-jild. Mushoira: She’rlar. Dostonlar. Libretto. Tarjimalar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985.
Zulfiya «Asarlar»i uch jildligining ushbu ikkinchi jildiga 1970-1983 yillarda yaratilgan she’rlari, «Daftarlarni varaqlaganda» deb nomlangan turli yillar manzumalari kiritildi. |
Zulfiya. Asarlar: 3 jildlik. 3-jild: Kamalak: Xotiralar. Ocherklar. Suhbatlar. Tarjima. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985.
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya «Asarlar»ning uchinchi jildiga muallifning xotira va ocherklari, adabiy maqola va suhbatlari kiritildi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi Yozuvchilarining turli anjumanlari haqidagi chizgilari ham shoiraning jo‘shqin ijtimoiy faoliyati haqida tasavvur beradi. Shuningdek, kitobdan A. Ginzburgning «Tam-tam sadolari» dramasi tarjimasi ham o‘rin olgan. |