Shuhrat. Tanlangan asarlar. 3 jildlik (1978-1980)

Shuhrat. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 1-jild: She’rlar. Turkumlar. To‘rtliklar. Hajvlar. Bolalarga. Tarjimalar. So‘z boshi muallifi: M. Qo‘shjonov. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.

Qo‘lingizdagi ushbu kitobga atoqli adib va shoir Shuhratning turli yillarda yozilgan she’rlari jamlandi. Muallifning «Jangchi bloknoti», «Kavkaz daftari», «Dunay sohillarida», «Odamlar va obidalar» turkumlari shoir ijodida alohida ijodiy bosqich bo‘ldi. Bu majmuadan uning bolalarga atalgan she’rlari, hajvlari, to‘rtliklari va tarjimalari o‘rin olgan.


Shuhrat. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 2-jild: Roman. Hikoyalar. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.

Atoqli adib Shuhratning ushbu kitobi «Oltin zanglamas» romani va hikoyalardan tashkil topdi. Muallif asarlarida e’tiqod va olijanoblikni tarannum etadi.

MUNDARIJA

Oltin zanglamas. Roman

Hikoyalar

Balog‘at
Aldanish
Dakki
Bahrinisa
Nodirning nafrati
Arab bolasining quvonchi
Tez oqar suv
Soldat va qush
Quduq
Oqqushning kenja bolasi


Shuhrat. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 3-jild. Shinelli yillar: Roman. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.

Qo‘lingizdagi ushbu kitobga atoqli o‘zbek adibi Shuhratning «Shinelli yillar» romani kiritildi. Muallif mazkur asarida Ikkinchi jahon urushi davrida frontda mislsiz qahramonliklar ko‘rsatgan va mamlakat ichkarisida fidokorona mehnat qillgan o‘nlab kishilarning taqdirini aks ettirgan.