Erkin Vohidov. O‘rtada begona yo‘q: G‘azallar. T.: «Yozuvchi», 1991.
Muhtaram she’riyat shaydolari! |
Muhammad Yusuf. Ko‘nglimda bir yor: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1991.
Muhammad Yusufning she’rlarida ona yurt mehri, bolalikni sog‘inish tuyg‘usi, Yer dardi jo‘shib turadi. Shoir gohi «tomda, qizgaldoqlar yonida», gohi «ariq bo‘yida, yalpizga suyanib» dunyo ila muloqotga kirishadi. O‘zbekona soddaligi, tantiligi, samimiyati bilan o‘ziga rom etuvchi bir ajib oydinlik to‘kilib turgan bu sehr olamiga bir bora doxil bo‘lgan kishi uni uzoq vaqt unutolmaydi. |
Omon Matjon. Odamning soyasi quyoshga tushdi: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1991. |
Yo‘ldosh Sulaymon. Dardim sig‘mas dunyoga: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1992.
Farg‘onani O‘zbekistonning bog‘i deb aytishadi. Bu bejiz emas, albatta. Bu yurt maftunkor tabiati bilangina emas, iste’dodlarga boyligi bilan ham shuhrat topgan. |
Usmon Azim. Uzun tun: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1994.
Usmon Azim uyg‘onish faslining otashin kuychisi desak xato qilmaymiz, Uning ilk she’rlariyoq Haq va Adl yo‘llariga sadoqat ifodasi edi. Ana shu sadoqat tuyg‘usi, kuyunchak ko‘ngil uning she’rlarining ruhiy iqlimini vujudga keltiradi. Ushbu mo‘jaz majmuaga shoirning turli davrlarda yozilgan eng sara she’rlari kiritildi. |
Jonibek Subhon. Ro‘yo: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1994.
Haqiqat yuz bir parda ichida bo‘lsa ham, u olmosday o‘tkir, qilichday keskir, olovdan-da kuchlidir. Shoir ro‘yo bilan yuzma-yuz gaplashar ekan, ko‘ngil tubidagi so‘z javohirlarini armug‘on etadi. Armug‘oni muxlislarga, she’r shandolariga atalgan Jonibek Subhonning yangi kitobi teran mushohadalar, sinchil kuzatunlar, dilbar tuyg‘ulardan iborat. Inshoolloh, shoir aytganlari sizga zavqu shavq. baxsh etgay. |
Jumaniyoz Jabborov. Ko‘zgudagi sanam: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1994. |
Muhammad Ali. Ona duosi: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1994. |
Mirpo‘lat Mirzo. Taskin: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1995. |
Aziz Said. Dili qani bedilning: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1996. |
Sirojiddin Sayyid. Uyingdagi beshiklar: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1996. |
Qadam Sayid Murod. Na gunohim bor mani: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1996.
Shoir Qadam Sayid Murodning navbatdagi «Na gunohim bor mani» kitobi mashhur xonandalar Otajon Xudoyshukurov, Nuriddin Hamroqulov, Kamoliddin Rahimov, Ortiq Otajonov, Oxunjon Madaliyev, Yulduz Abdullayeva, Sultonposhsha Udayevalar ijro etgan qo‘shiqlardan va yangi she’rlardan tarkib topgan. |