Turkmaniston Osiyo o‘yinlarini Olimpiada darajasida o‘tkazmoqchi

25 iyul kuni Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasida Ashxobod shahrida joriy yil 17-27 sentyabr kunlari o‘tadigan V Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Elchixona attashesi Xanturdi  To‘rayev xalqaro musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani va Turkmaniston sportchi va mehmonlarni qabul qilishga shay ekanini ma’lum qildi. davomi…

15 iyul – Turkiya qayta tug‘ilgan kun

Turkiyada 2016 yil 15 iyul tunida yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishning bir yilligi butun mamlakat miqyosida  birodarlik va birdamlik kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Istanbulda yig‘ilgan ko‘p ming sonli xalq oldida chiqish qilgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat birligi va kelajagini davomi…

Salomatlik haftaligi: har dardning davosi bor

Joriy yil 3-7 iyul kunlari Toshkent “O‘zbekiston – Turkiya: Salomatlik haftaligi”ga mezbonlik qildi. Mazkur tadbir Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) ko‘magida ikki mamlakatning sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan tashkil etildi. Turkiyadan kelgan 19 nafar yuqori malakali shifokor anesteziologiya va reanimatologiya, davomi…

Mavlut Chovusho‘g‘li: “Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishda ko‘makka tayyormiz”

Joriy yil 30 iyun kuni Istanbulda xalqaro diplomatiyaning vositachilik masalalariga bag‘ishlangan IV anjuman bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli mashvarat arafasida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li muallifligida maqola e’lon qilindi. Quyida e’tiboringizga ana shu maqolaning tarjimasi havola etilmoqda.   Diplomatiyani mustahkamlash, davomi…

Ozarboyjon TIV xorij fuqarolarini ogohlantirdi

Armaniston Ozarboyjonga qarshi provokatsiya uyushtirmoqda va xorijlik mehmonlardan siyosiy qurol sifatida foydalanmoqchi. Bu haqda Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Hikmat Hojiyev axborot agentliklariga ma’lum qilgan. Bu o‘rinda gap Armaniston tomonidan Yerevanda hamda Ozarboyjonga tegishli bosib olingan hududda o‘tkaziladigan xalqaro davomi…

Ahmet Bashar Shen: “To‘qimachilik sohasidagi hamkorligimiz yangi bosqichga ko‘tariladi”

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida barcha sohalar kabi to‘qimachilik bo‘yicha hamkorlik ham yangi bosqichga ko‘tariladi. Bu haqda Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen 9 iyun kuni Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan davomi…

O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamolga Yevroosiyo universiteti faxriy doktori unvoni berildi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tavalludining 80 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Ozarboyjon Milliy fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida “Jamol Kamol va Ozarboyjon adabiyoti” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Anjumanda nutq so‘zlagan Adabiyot instituti davomi…