Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida moliyaviy hamkorlik bitimi imzolandi

28 mart kuni Toshkentda “Germaniya Federativ Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida 2017-2018 yillar mobaynida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida” bitim imzolandi. 12,3 mln yevrolik hujjatga Germaniya hukumati nomidan ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld, O‘zbekiston hukumati nomidan davomi…

AQSh Maxfiy xizmati va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoyatlarga qarshi hamkorlikda kurashadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Maxfiy xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi hamkorlikda kurashadi. Tomonlar 15 mart kuni Toshkentda bu borada o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu davomi…

Turkish Airlines Istanbul–Samarqand aviaqatnovini yo‘lga qo‘ymoqda

Turkish Airlines kompaniyasi parvozlar jug‘rofiyasini kengaytirib, 16 martdan boshlab Istanbul–Samarqand yo‘nalishida yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda. Kompaniya matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekistonning ikkinchi yirik shahri sanalgan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar haftada ikki bor amalga oshiriladi. Istanbul–Samarqand aviaqatnovining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan davomi…

AQSh elchixonasi ayollarga ehtirom ramzi sifatida filmlar festivali o‘tkazmoqda

1 mart kuni Toshkentdagi “Next Mall” kinoteatrida Ayollar tarixi oyligi hamda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan Amerika film festivalining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda AQShning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen qatnashdi. Festival davomida xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotiga davomi…

Shiri Shiriyev: “Turkmaniston va O‘zbekiston hamkorligi mustahkam tayanchga ega”

Joriy yil 21 fevral kuni Turkmaniston Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Turkmanistonning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyev rasmiy Ashxobod tashqi siyosatining 2017 yil yakunlari va galdagi rejalari xususida so‘zlab berdi. Tadbirda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari, davomi…

Ahmet Bashar Shen: “Turkiya o‘z sarhadlarida terrorchi kuchlar faoliyatiga aslo yo‘l qo‘ymaydi”

Turkiya Respublikasi Suriyaning Afrin shahrida joriy yil 20 yanvarda boshlagan “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyasi mintaqada terrorizm xatarini bartaraf etishga qaratilgan. Bu haqda Turkiya Respublikasining yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. davomi…