Norbo‘tabek
Norbo‘ta (taxminan 1749-1798) (taxminan1763-1798) Qo‘qon xoni. Abdurahmonning o‘g‘li, Abdulkarimbiyning nabirasi. 14 yoshidan taxtga chiqqan. Namangan beklarining separatizmini bostirgan. Qo‘zg‘alon ko‘targan Xo‘jand begini yengib, shaharni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ammo, O‘ratepa nomigagina Buxoroga tobe bo‘lib qolgan.