«Ziyouz viktorinasi»da berilgan savol-javoblar (101-200)

101. Aniqlanishicha, bu ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida burgutlar, undan keyin otlar, sigir va fillar tasvirlanar ekan. Birinchi o‘rinda nima tasvirlanadi va bu qanday ro‘yxat?
Javob: Birinchi o‘rinda sher. Bu gerbda tasvirlangan hayvonlar.

102. Inson tarqatishi mumkin bo‘lgan eng baland tovush qichqiriq emas, balki u ekan. U ayrimlarda naq 69 detsibelga yetar ekan. U nima?
Javob: Xurrak.

103. Lyudvig Van Betxovenning “Qahramonlik simfoniyasi” asari kimga bag‘ishlangan?
Javob: Napoleon Bonapartga bag‘ishlangan.

104. Frantsiyaning eng qari futbol klubi qaysi?
Javob: Gavr shahrining «Gavr» futbol klubi. 1872 yilda tashkil etilgan.

105. «Kattanachio» deb nima ataladi? (futbolda)
Javob: Bu umumlashgan himoya bilan, gol urish bilan kontratakaga o‘tishdir. Buni Italiyaliklar ishlab chiqqan.

106. «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» asari muallifi kim?
Javob: Herman Vamberi.

107. «…1970 yili kosmosda qora yulduz paydo bo‘ldi…» Gap nima haqida bormoqda?
Javob: Gap futbol qiroli Pelening AQShning «Kosmos» jamoasiga o‘tishi haqida bormoqda.

108. Dunyoda birinchi imperiyaga asos solgan podsho kim?
Javob: Doro II.

109. «Moskva — Osiyoning go‘zal poytaxti» deb ta’kidlagan mashhur shaxs kim?
Javob: Frantsiya imperatori Napaleon Bonapart.

110. O‘zining so‘nggi kunlarini Muqaddas Yelena orolida o‘tkazgan buyuk imperator kim?
Javob: Napoleon Bonapart.

111. Zamonaviy matematika asoschilari kimlar?
Javob: Ingliz olimi Isaak Nyuton va nemis olimi Leybnits.

112. Kalibri qushining vazni qancha?
Javob: 2 gr.

113. «Kalcho» so‘zi qaysi davlat chempionatiga nisbatan ishlatiladi?
Javob: Italiya.

114. Karlos Valderrama o‘z vaqtida qaysi terma jamoada to‘p surgan?
Javob: Kolumbiya.

115. Chekuvchilar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadigan davlat qaysi?
Javob: Nauru davlati bo‘lib, aholisning 54 %i kashandadir (61 % erkaklar, 47 % ayollar). Manba: Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti

116. Dendrologiya fani nimani o‘rganadi?
Javob: Qadimiy o‘simliklarni.

117. Choose the appropriate name for animal young. For ex. cat-kitten; dog-pup, puppy, whelp; sheep lamb;bear-…; camel-…; goat-…; kangaroo-…; rabbit-…?
Javob: bear-cub; camel-calf, colt; goat-kid; kangaroo-joey; rabbit-bunny.

118. O‘zbekistondagi eng birinchi FM diapazonidagi radiolardan biri «Vodiy Sadosi» qachon ochilgan?
Javob: 1998 yil, oktyabrda.

119. 1960 yil 4 aprel kuni «Paxtakor» jamoasi SSSR chempionatlari tarixidagi ajoyib rekord sohibi bo‘ldi. Gap nima haqida bormoqda?
Javob: 1960 yil, 4 aprel kuni «Paxtakor» jamoasi SSSR chempionatlari tarixidagi ajoyib antirekordni qayd etishgan. Ular bir uchrashuvda o‘z darvozalariga uch bor gol urib qoyishgan.

120. “Saksafon” musiqiy asbobini o‘ylab topgan shaxs?
Javob: Belgiyalik Adolf Saks tomonidan 1840 yilda kashf qilingan.

121. Respublikamizda eng birinchi tashkil etilgan xiyobon qaysi va u nechanchi yilda tashkil etilgan?
Javob: O‘zbekiston xalq xiyoboni. 1977 yilda barpo qilingan.

122. Sayyoramizdagi eng keng ko‘cha qayerda joylashgan?
Javob: Monumental Axis ko‘chasi (Brazilia). Bu ko‘chaning eni 250 metr, uzunligi esa 2,4 kilometr, 160 ta avtomashina yonma-yon yurishi mumkin.

123. “O‘zbek maqomchilar ansambli” ning asoschisi kim?
Javob: Yunus Rajabiy.

124. Vaqtni to‘g‘ri ko‘rsatadigan soat?
Javob: Xronometr.

125. Nurfologiya nima?
Javob: Buyrak xastaligini o‘rganuvchi fan.

126. “Gulliver”dagi uchuvchi orol nomi?
Javob: Laputa.

127. “Sigaretalar poytaxti” nomini olgan shahar?
Javob: Binegen.

128. Ilk plastik operatsiya qachon va qayerda o‘tkazilgan?
Javob: 1814 yilda londonlik xirurg Jozef Karpyu tomonidan birinchi plastik operatsiya o‘tkazilgan.

129. Amur Temurning 4 farzandlari nomini toping.
Javob: 1. Muhammad Jahongir. 2. Umarshayx mirzo. 3. Mironshoh. 4. Shohruh mirzo.

130. Eng ko‘p yomg‘ir yog‘adigan davlat?
Javob: Paragvay.

131. Inglizchada ayollarga nisbatan qo‘llanadigan Mrs. qaysi so‘zning qisqartma formasi?
Javob: Mistress.

132. Ingliz tilida bitta so‘z bor — barcha harflari alfavit tartibida izma-iz kelib yoziladigan eng uzun inglizcha so‘z. Bu qaysi so‘z?
Javob: “Almost” so‘zi yozilganida harflari alfavit tartibi bo‘yicha ketma-ket keladigan eng uzun inglizcha so‘z hisoblanadi.

133. Prezident bo‘lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo‘lgan Amerika prezidenti kim?
Javob: Ronald Reygan. 50 dan ortiq filmda rol o‘ynagan.

134. Musulmonlikni qabul qilgan birinchi qul kim edi?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

135. Rustamning sevgilisi ismi nima? (“Shohnoma”)
Javob: Taxmina.

136. Neptun sayyorasini kashf etgan olim?
Javob: Neptun sayyorasi 1845 yili frantsiyalik olim Jan Jozef Lavere tomonidan kashf qilingan.

137. Zelinskiyning olamshumul ixtirosi.
Javob: Gazniqob.

138. AQSh tarixida eng yosh prezident kim?
Javob: Teodor Ruzvelt. 42 yoshida prezident bo‘lgan.

139. Yulduzlarning halokatli to‘qnashishi nima deb ataladi?
Javob: Kollaps.

140. Eng mustahkam modda?
Javob: Tellur.

151. Galileo Galileyning mashhur ixtirosi.
Javob: Teleskop.

152. Rossiya Romanovlar sulolasining oxirgi vakili kim?
Javob: Nikolay II.

153. Ka’batullohda Qur’oni karimni birinchi marta tilovat qilgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud r.a.

154. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. Abu Bakr va Umarni Qur’oni karimda zikr etilgan payg‘ambarlarga o‘xshatganlar. Savol: Aynan qaysi payg‘ambarga o‘xshatganlar va nima uchun?
Javob: Hazrati Abu Bakrni Ibrohim a.s. ga muloyimliklari uchun, hazrati Umarni Muso a.s.ga cho‘rtkesarligi uchun o‘xshatganlar.

155. “Shum bola” qissasi 1936 yili “Mushtum” jurnalida qanday nom bilan bosilgan edi?
Javob: “Dovdirash”.

156. Marokash davlatida birichni orden 1910 yilda ta’sis etilgan. «Xalif» ordeni deb nomlanuvchi bu nishonlar olti qirrali yulduz shaklida namoyon bo‘ladi va uning har bir qirrasiga dunyoda eng ko‘p takrorlanadigan, mashhur so‘zlar bitilgan. Savol: Orden qirralariga qaysi so‘zlar bitilgan?
Javob: Kalimai tavhid.

157. Mashhur aktyor Abbos Bakirov qayerda tug‘ilgan?
Javob: Andijonda.

158. 22 yoshida «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist», 31 yoshida «Xalq artisti» unvonini olgan buyuk o‘zbek san’atkori kim?
Javob: Botir Zokirov.

159. Butan davlatining pul birligi?
Javob: Ngultrum.

160. Musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlat qaysi?
Javob: Indoneziya. 182,2 million musulmon istiqomat qiladi.

161. Shimoldan janubgacha eng uzun cho‘zilgan davlat qaysi?
Javob: Chili.

162. Kulgu haqidagi fan?
Javob: Gelotologiya.

163. Birinchi olimpiada o‘yinlari qachon va qayerda o‘tkazilgan?
Javob: Eramizdan avvalgi 776 yilda Gretsiyaning Olimp tog‘ida o‘tkazilgan.

164. Eng ko‘p shakarqamish yetishtiradigan davlat?
Javob: Braziliya.

165. Bill Klintonning ijro etadigan sevimli musiqa asbobi?
Javob: Bill Klinton AQSh prezidentlari ichida yagona — saksafon chala oladigan san’atkordir.

166. Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Uni Sharqda qanday nomlar bilan atashadi?
Javob: Merkuriy. Uni Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu deb atashgan.

167. Choose the appropriate collective names for animals. For ex. Cats-clowder, clutter; Dogs — litter, kennel.
Foxes-? Horses-? Lions-? Monkeys-? Sheep-?
Javob: Foxes — leash, skulk; Horses — pair, team, herd, stable; Lions — pride; Monkeys — troop; Sheep — drove, flock.

168. Xristianlikka o‘tgan birinchi Rim imperatori?
Javob: Konstantin (274-337).

169. Televideniyeda chiqish qilgan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Franklin Delano Ruzvelt 1939 yil aprelda TVda chiqqan.

170. Misrdagi Asvon to‘g‘oni va Nil daryosini bog‘laydigan Nasser ko‘li kimning nomiga qo‘yilgan?
Javob: 1956-1970 yillarda Misr prezidenti bo‘lgan Jamol Abdul Nosir.

171. Aniq soatlar mamlakati qaysi?
Javob: Shveytsariya.

172. 16-asrda mikroskopni yaratgan olim kim?
Javob: Mikroskop 1590 yili daniyalik Zaxarias Yannsen tomonidan kashf qilingan.

173. Boburiylar sulolasidan bo‘lgan bu shoh davrida imperiya inqirozga yuz tutgan, bu shaxsning qilgan ishlari oldin yuritilgan siyosatga «bolta urgan». Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Avrangzeb.

174. Dante Aligerining «Ilohiy komediya» asarining asl nomi nima edi?
Javob: » La commedia» («Komediya») bo‘lgan. 1555 yili nashr qilinganda unga «ilohiy» so‘zi qo‘shib qo‘yilgan.

175. Dunyodagi eng chuqur botiq — O‘lik dengizligini bilamiz. Bu dengiz dengiz sathidan 408 metr pastda joylashgan. O‘lik dengizidan keyin qaysi botiq eng chuqur hisoblanadi?
Javob: Turfon botig‘i (Shinjon, Xitoy). Dengiz sathidan 154 metr pastda joylashgan.

176. 1940 yili maktab yoshidagi bola AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga 10 dollar so‘rab xat yo‘llaydi. U keyin mashhur siyosatchi bo‘lib yetishadi. Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Kuba yetakchisi Fidel Kastro.

177. Rim imperatori Gay Yuliy Sezar o‘zining mashhur «Keldim. Ko‘rdim. G‘alaba qozondim!» iqtibosini qachon va nima munosabat bilan aytgan?
Javob: Eramizdan avvalgi 47 yili Kichik Osiyo hukmdori Pontiy ustidan qozongan tezkor g‘alabasi munosabati bilan aytgan.

178. Sharqda Jolinus nomi bilan mashhur bo‘lgan qadimgi yunon fizigi, tabibi kim?
Javob: Galen (129-199).

179. «Kamol qozi» madrasasi qayerda joylashgan?
Javob: Qo‘qonda.

180. Rim katolik cherkovi tomonidan o‘ldirilgan mashhur italyan fizigi va astronomi? Birinchi termometrni yasagan olim?
Javob: Galileo Galiley (1564-1642).

181. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. tomonidan jannatiyligi bashorat qilingan 10 sahoba kimlar? («Ash’arai mubashshara»)
Javob: Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abrurahmon ibn Avf, Talja ibn Ubaydulloh, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn al-Jarroh.

182. Dunyodagi eng baland sharshara qaysi davlatda joylashgan. Uning balandligi qancha?
Javob: Anxel sharsharasi. Venesuelada, 979 metr.

183. Sobiq AQSh prezidenting xotini Xillari Klintonning yoshlikdagi orzusi … bo‘lish edi. U bu haqda yordam so‘rab, shu soha tashkilotiga yozganda, ular «qizlardan … chiqmaydi» deb javob qilishadi. Gap qaysi soha haqida ketmoqda?
Javob: Xillari Klinton yoshligida NASAga «qanday qilib astronavt bo‘lish mumkin?» deb xat yozadi. Ular esa «qizlardan astronavt chiqmaydi», deb javob berishadi.

184. «Biologiya» so‘zini birinchi bo‘lib qo‘llagan va fanga kiritgan olim kim?
Javob: Frantsuz botanigi Jan-Batist Lamark (1744-1829).

185. 20 farzandning otasi bo‘lgan (birinchi xotinidan 7, ikkinchisidan 13) mashhur mumtoz bastakor (kompozitor) kim?
Javob: Iogann Sebastyan Bax (1685-1750).

186. Sobiq SSSR yetakchisi Iosif Stalinning yoshlikdagi laqabi nima bo‘lgan?
Javob: Koba. Koba — Gruziya mustaqilligi uchun kurashgan xalq qahramoni bo‘lib, Stalin maktab davrida u haqda qiziqib o‘qiydi. Keyinchalik o‘z tengqurlaridan uni Koba deb atashlarini talab qiladi.

187. Yupiterning eng katta yo‘ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
Javob: Ganimed. 1610 yilda kashf qilingan, diametri 5262 km ni tashkil etadi.

188. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning 5 ta ajdodlarini sanang.
Javob: Muhammad ibn Abdulloh — Abdulloh ibn Abdulmutallib — Abdulmutallib ibn Hoshim — Hoshim ibn Abdumannof — Abdumannof ibn Qusay — Qusay ibn Murra — … — Ismoil ibn Ibrohim alayhissalom.

189. Balandligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan cho‘qqi qaysi?
Javob: K2 (Godvin Osten tog‘i), Xitoy — Jammu va Kashmirda joylashgan, balandligi 8611 metr.

190. Ovqat qilayotganda qozonga birinchi nima tushadi?
Javob: Nazar.

191. Uning huzurida hamma boshini egadi. Xoh u gado bo‘lsin, xoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?
Javob: Sartarosh.

192. Afrika, Antarktida, Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Janubiy Amerikaning eng baland cho‘qqilarini aniqlang.
Javob: Kilimanjaro, 5895 metr (Afrika); Vinson Massif, 4897 metr (Antarktida); Everest, 8850 metr (Osiyo); Elbrus, 5642 metr (Evropa); Mak Kinli, 6194 metr (Shimoliy Amerika); Jaya, 5030 metr (Okeaniya); Ciyerro Akonkagua, 6960 metr (Janubiy Amerika).

193. Muz xokkeyi bo‘yicha birinchi jahon chempionati qachon o‘tkazilgan? Unda qaysi davlatlar medallar sovrindori bo‘lishgan?
Javob: 1920 yilda Belgiyaning Antverpen shahrida o‘tkazilgan. Unda Kanada — oltin, AQSh — kumush, Chexoslavakiya — bronza medalini qo‘lga kiritgan.

194. AQShning yollangan qotil tomonidan o‘ldirilgan ikkinchi prezidenti kim?
Javob: Jeyms Garfild. 1881 yil, 4 mart kuni prezident bo‘ladi. 1881 yil, 19 sentyabr kuni o‘ldiriladi.

195. Kanada tarixidagi eng yosh bosh vazir kim?
Javob: Jo Klark, 39 yoshida bosh vazir bo‘lgan.

196. Oq Uyda yashagan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Jon Adams (1797-1801 yillarda prezidentlik qilgan).

197 Butun bir qit’ani egallagan yagona davlat?
Javob: Avstraliya.

198. Bu sayyoraning yo‘ldoshlari unga juda yaqinligi bilan mashhur. U qaysi sayyora?
Javob: Marsning 2 yo‘ldoshi — Fobos va Demos.

199. Quyoshning yerdagi yo‘ldoshi deb nom olgan o‘simlik?
Javob: Kungaboqar.

200. Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?
Javob: Dunyoning elektr tarmog‘iga ulangan eng birinchi tramvay liniyasi 1881 yil 16 mayda Berlin shahridagi Lichterfeld tumanida ishga tushiriladi. Uni Verner von Simens (shu nomli firmaning asoschisi) tomonidan qurilgan, uzunligi 4,3 metr bo‘lgan vagonlar 2,5 kilometr bo‘lgan masofada 20 km/s tezlikda yurishadi.