Yulduzlar na kechasi, na kunduzi hech qayerga g‘oyib bo‘lmaydi. Quyosh nuri yulduzlarnikidan bir necha barobar kuchli bo‘lgani uchun ham na Oy va na yulduzlarni biz kunduzi ko‘ra olmaymiz. Quyoshning bizga yaqinligi yulduzlarni kunduzi ilg‘ashimizga imkon bermaydi.
Osmonni Quyosh botayotganda kuzatish juda maroqli: qani, qaysi yulduz birinchi bo‘lib paydo bo‘lar ekan? Tun qorong‘isidagi eng yorqin yulduzlar aynan Quyosh botgandan so‘ng ilk paydo bulganlari ekanini ilg‘ab olish qiyin emas.