«Sudralib yuruvchi» deganda odam darrov ko‘z oldiga ilonlarni keltiradi. Aslini olganda, hayvonlarning bu guruhi o‘ziga bir talay sudralib yuruvchilarni jam etgan.
Hayvonot saltanatida sudralib yuruvchilar ham yerda, ham suvda yashovchilar va parrandalar o‘rtasidagi o‘rinni egallaydi. Olimlarning fikricha, parrandalar bir necha million yillar oldin sudralib yuruvchilardan tarqalgan. O‘sha davrlarda sudralib yuruvchilar hayvonlarning asosiy turi va asosan ulkan qiyofaga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha reptiliyalar qirilib ketdi, mavjud sudralib yuruvchilar esa nisbatan kichik hajmda. Timsohlar va pitonlar ular orasida eng yirigidir.
Sudralib yuruvchilar ko‘p tomonlama ham yerda, ham suvda yashaydiganlarga o‘xshaydi. Bu hayvonlarning hammasi sovuq qonli bo‘lib, sudralib harakatlanadi va umurtqasi bor. Ular bir-biridan o‘pka va terisi orqali yaqqol ajralib turadi. Ham suvda, ham yerda sudralib yuruvchilar yoshligida oyqulog‘i yordamida nafas oladi, keyinroq ko‘plarining o‘pkasi shakllanadi. Sudralib yuruvchilar, boshqa taraflama, bir umr o‘pkasi bilan nafas oladi.
Erda ham, suvda ham yashovchilarning terisi silliq va yopishqoq bo‘lib, o‘ziga xos shilimshiq bezlari uni nam bilan ta’minlab turadi. Suv ularning terisidan yengil o‘tadi, shu boisdan ham yerda, ham suvda yashovchilarni suvdan bir muddat ajratib qo‘ysa, ularning aksariyati qurib qoladi va o‘ladi. Sudralib yuruvchilarning shilimshiq bezlari yo‘q, terisi quruq va tangachalidir. Suv ularning terisidan o‘tmaydi, ular faqat quruqlikda yurishga moslashgan.
Sudralib yuruvchilar to‘rt asosiy guruhga bo‘lingan: toshbaqalar, timsohlar, kaltakesaklar va ilonlar, shuningdek, Yangi Zelandiyada yashaydigan kaltakesaksimon tuatradir.
Toshbaqalar boshqa sudralib yuruvchilardan tanasi suyak zirhga o‘ralgani bilan farqlanadi. Toshbaqalarning hammasi tuxum qo‘yadi. Ayrim toshbaqalar havzalarda va uning bo‘yida, boshqalari faqat quruqlikda yashaydi.
Alligator (Amerika, Sharqiy Osiyoda yashaydigan timsoh)lar, timsohlar va ularga o‘xshash boshqa jonivorlar to‘rtta qo‘l-oyoqli, uzun tanli bo‘lib, tangacha yoki lappaklar bilan qoplangan. Alligator va timsohlar bir-biriga shu qadar o‘xshashki, ularni faqat mutaxassislar ajratishi mumkin. Qo‘shma Shtatlarda yashaydigan alligatorlarning tumshug‘i timsohlarnikiga nisbatan kalta va enli. Avstraliyada timsohlar bor, ammo alligatorlar yo‘q, aksincha kaltakesak bisyor.
Kaltakesak va ilonlar sudralib yuruvchilarning oliy turlaridir. Ular jag‘larining tuzilishi bilan farqlanadi. Ilonlarning yuqori va pastki jag‘lari o‘tkir, ichki tomonga qayrilgan tishlarga ega bo‘lgan harakatlanuvchi a’zolari bor.