Rimning birinchi hukmdori kim bo‘lgan?

Lotinlar Rim shahrida va uning atrofida yashashgan. «Rim» so‘zi (lotincha «Roma») etrusklarga oid. Shaharning ilk tarixi o‘sha davr Italiyasining tarixi murakkab bo‘lganidan guvohlik beradi. Rimda podsholar — dastlab sabinlardan bo‘lganlari, so‘ng lotinlardan bo‘lganlari, keyin yana sabinlardan bo‘lganlari hukmronlik qilishgan. So‘ng, birin-ketin uch etrusk podsholari hukmfarmo bo‘lishgan. Rimliklarning o‘zlari shaharga eramizdan avvalgi 753 yil 21 aprelda asos slogan. Romulni birinchi hukmdori yoki podsholari deb hisoblashadi. Sizlar egizak Romul va Rem haqida o‘qigan bo‘lsalaringiz kerak. Rivoyatlarga ko‘ra, ularni savatga solib, Tibr daryosiga tashlaydilar. Ularning o‘limi go‘yo muqarrar edi. Biroq daryo to‘lqini savatni qirg‘oqqa chiqarib tashlaydi. Ularni urg‘ochi bo‘ri boqib, katta qiladi. Keyinchalik Romul, bahslasha turib, ukasi Remni o‘ldirib qo‘yadi.

Dastavval Rim shahri Tibr daryosi ustida yastanib yotgan yetti tepalik: Kvirinale, Viminale, Eskvinil, Selin, Aventin, Palatin va Kapitoliyda qurilgan alohida posyolkalardan iborat bo‘lgan. Etrusklar bu posyolkalarni birinchi chinakam shahar qilib birlashtirgan. Tepaliklar oralig‘idagi vodiylarda uylar, do‘konlar, ustaxonalar qurilgan. Tibr kengayib borayotgan shaharni dengiz bilan bog‘laydi. Bu esa Italiyaning qolgan qismlari va boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqni osonlashtirgan. Keyinchalik Tibr mansabida Ostiya porti qurilgan.