O‘simliklar hayotiga jiddiy xavf tug‘diradigan hol degidratatsiya — suvsirashdir. Shuning uchun ham o‘simliklarning po‘stloqdan boshqa barcha qismlari suv sarfini kamaytiradigan yog‘och qatlami bilan qoplangan bo‘ladi.
Tana, shoxchalar va shoxlarni suvsirashdan po‘stloq himoya qiladi. Yaproqlarning tashqi yuzasi ko‘pincha mum qatlami, o‘ziga xos momiq bilan qoplangan bo‘ladi. Mum qatlami, ayniqsa, yaproqlarini qishda ham to‘kmaydigan nayzabargli hamda dafna daraxtlarida zich bo‘ladi.
Ko‘pgina o‘t-o‘lanlar va bargli daraxtlarning suvsizlikdan unchalik himoyalanmagan yaproqlari ham bor. Shuning uchun hishda hamma narsa muzlab, qurib qolgach, bunday o‘simliklar yoki daraxtlar ko‘pchilik hollarda nobud bo‘lishi ham mumkin. Daraxtlar nobud bo‘lmaslik uchun sovuq tushishidan oldin yaproqlarini to‘kadi va qishki uyquga ketadi. Natijada ularning energiya sarfi kamayadi va qishki sovuklardan omon qoladi.
Shuning uchun ham kuzda o‘rmonlar arg‘uvon, sariq va qizil ranglarga bo‘yaladi.
O‘tlar ham kuzda quvrab qoladi, bahor kelishi bilan esa yer ostida sovuqdan omon qolgan ildizidan ko‘karib chiqadi.