Bu savolga hech kim aniq javob bera olmasa kerak. Yerdagi eng kuchli teleskoplar bilan ham yulduzlarning barchasini ko‘rish mumkin emas. Barchamizning uyimiz bo‘lmish Yer (yulduz ham emas!), bor-yo‘g‘i, kichik bir sayyora bo‘lib, u o‘rtacha kattalikdagi yulduz — Quyosh atrofida aylanadi. Quyosh esa o‘z navbatida Somon Yo‘lidagi kichik bir yulduzdan boshqa narsa emas.
Bizning galaktikamizda bunday million-million yulduzlar bor. Bundan tashqari, Somon Yo‘lining o‘zi Koinotdagi ming-minglab galaktikalardan biridir…
Ming-minglab galaktikalardan bittasi bo‘lgan bizning galaktikamiz ham shu darajada bepoyonki, juda katta tezlikka ega bo‘lgan yorug‘lik uning bir chekkasidan ikkinchi bir chekkasiga yetib borguncha ming yillar vaqt o‘tadi. Shunday ekan, biz osmondagi yulduzlar sonini hech qachon aniq hisoblab chiqa olmaymiz. Lekin savolga quyidagicha javob berish ham mumkin: yulduzlar soni shu darajada ko‘pki, ularning miqdorini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.