Ko‘zoynakli ilon (kobra)ni rossiyaliklar ko‘rishmagan, chunki bu ilon mamlakat ob-havosiga moslashmagan. Ko‘zoynakli ilon eng zaharli ilonlardan biri. Siz televizor va kinolarda ko‘zoynakli ilonlarni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Ularni tanish qiyin emas, uni odatda afsungar bilan birga, u qamishsurnay chalayotganda ko‘zoynakli ilon go‘yo musiqadan zavq tuyayotganday boshini ko‘tarib, bo‘ynini shishirib, yengilgina sollanib, qotib turadi. Shuning uchun ham ko‘zoynakli ilon musiqani xush ko‘radi, deb o‘ylashadi. Aslida, ayni vaqt ko‘zoynakli ilon hujumga shaylanayotgan bo‘ladi. Bu ilonlar hech qachon darhol hujumga o‘tmaydi, avval xuddi o‘ynayotganday sollanib turadi, morbozlar o‘z ilonlarining xulqini juda yaxshi biladi, ko‘zoynakli ilon hujumga tayyor bo‘lishi hamono ularni darrov qafasga solib qo‘yadilar.
Ko‘zoynakli ilonni musiqa jalb etmayotganiyu uning raqsga tushmayotgani, bor-yo‘g‘i hujumga tayyorlanayotganini bilish ozroq zerikarli. Ammo ayrim ko‘zoynakli ilonlar haqiqatan ham go‘zal narsani his etishi isbotlangan. Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydigan ko‘zoynakli ilonlar, aytishlaricha, odamlarga, ayniqsa bolalarga juda sadoqatli bo‘lar ekan.
Aytgancha, bu ilonning nomi hech qanday qo‘rqinchli emas. Kobra portugalcha «ilon» degani. Uning to‘liq nomi yana ham kulgili: «kobra de kapello», bu «soyabon tagidagi ilon» ma’nosini beradi. Uning bunday nom olishiga asabiylashgan payti bo‘ynining shishishi sabab bo‘lgan, ayni vaqtda u gavdasiga soyabon kiyib olganday taassurot uyg‘otadi.