Buyuk Ipak yo‘li qanday yo‘l?

Xaritada Uzoq Sharqni Yevropa bilan bog‘lagan yo‘l — Buyuk Ipak yo‘li tasvirlangan. Bu juda ham aniq nom emas, chunki bu aslida bitta yo‘l emas, balki shaharlar va vohalar o‘rtasidagi bir qancha karvon yo‘llari edi. Savdogarlar bu yo‘llardan faqat ipak-shoyi emas, balki boshqa ko‘plab qimmatbaho mollarni tashiganlar.

Xitoy shoyisi uni sotib olishga qurbi yetadiganlar orasida alohida e’tibor topgandi. Shoyi mato parchalari Afinadagi 6 asrga oid qabrlardan, shuningdek, Germaniyadagi temir davriga oid go‘rlardan ham topilgan. Rimliklar zeb-ziynat buyumlarini ko‘p miqdorda sotib olishadi. 1 asrda rimliklar tarixchisi Katta Pliniy bunday deb yozgandi: «Hindiston, Xitoy va arab mamlakatlari har yili imperiyamizdan katta miqdordagi pulni olib ketishardi — zeb-ziynatlarimiz va ayollarimiz bizga juda qimmatga tushardi».

Savdo yo‘lida harakat ikki tomonlama edi. Rimliklar keltirilgan barcha zeb-ziynat buyumlari o‘rniga Sharqqa oltin va kumush tangalar, sopol buyumlar, shisha idishlar, qimmatbaho toshlar yuborishardi.