Dunyoning eng yaxshi aeroportlari (2006)

Angliyaning Skytrax kompaniyasi sayyoramizning eng yaxshi aeroportlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu reyting aviayo‘lovchilardan olingan anketa natijalari asosida tuzilgan.

2005 yilga taqqoslaganda respondentlar soni 31% ga o‘sgan va 7,2 million kishini tashkil etgan. Singapur Changi aeroporti 5 yillik ikkinchi o‘rindan keyin shu yili birinchilikka ko‘tarildi. Bu aeroport iyul oyida o‘zining 25-yilligini nishonlaydi. Reytingdagi ko‘p aeroportlarning esa tashkil etilganiga endigina 5-6 yil bo‘lgan.

Gong Kongning Hong Kong Int’l Airport havo qo‘nalg‘asi 1000 ta ovoz kamlik qilib, ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Myunxenning Munich Airport aeroporti esa ro‘yxatda 3-o‘rinni band etdi.

Aeroport nomi Davlat
1 Singapore Changi Airport Singapur
2 Hong Kong Int’l Airport Xitoy
3 Munich Airport Germaniya
4 Kansai International Airport Yaponiya
5 Seoul Incheon Airport Koreya
6 KLIA – Kuala Lumpur Airport Malayziya
7 Helsinki Vantaa Airport Finlandiya
8 Zurich Airport Shveytsariya
9 Dubai International Airport BAA
10 Copenhagen Airport Daniya