Buyuk Britaniyada chop etiluvchi Prospect jurnali hamda AQShning rasmiy nashri Foreign Policy jurnallari tomonidan dunyoning eng aqlli, intellektual kishilarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari e’lon qilindi. So‘rovda 500000 dan ortiq kishi ishtirok etgan. Eng aqllilar ro‘yxtining dastlabki 10 pog‘onasini musulmon olimlari egallashgan.
Buyuk Britaniyaning Guardian gazetasi yozishicha, shu kungacha ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan turkiyalik musulmon olimi Fathulloh Gulen dunyoning 100 ta yetakchi mutafakkirlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan so‘rovda marraning eng yuqori pog‘onasini egalladi. 60 dan ortiq asar muallifi Gulen Britaniyada chop etiluvchi bu so‘rovda kutilmaganda g‘olib bo‘ldi. Eng qizig‘i, dunyoning 100 ta yetakchisi nomini aniqlash borasida o‘tkazilgan mazkur so‘rovning eng yuqori 10 ta pog‘onasining barini musulmonlar egallagan. Ular orasida 2 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor: turkiyalik romannavis Orxan Pamuk ro‘yxatning 4-pog‘onasida turgan bo‘lsa, eronlik inson huquqlari bo‘yicha yurist Shirin Ibodi 10-o‘rinni zabt etgan.
Kutilmagan natijalar so‘rov tashkilotchilarini karaxt qilib qo‘ydi. Ular Gulenning muvaffaqiyatini so‘rov Turkiyaning «Zaman» (Zamon) gazetasida ham chop etilgani va Gulen tarafdorlari bu borada faol ishtirok etganliklari bilan izohlamoqdalar. Prospect jurnali muharriri Devid Guxart (David Goohart) shu kungacha Gulen nomini ham eshitmaganini ta’kidladi. Uning fikricha, Gulen tarafdorlari so‘rovni «o‘yin» qilib yuborishgan. «Zaman» gazetasi bosh muharriri Bulent Kenes esa dunyo osoyishtaligiga sabab bo‘luvchi Gulenning o‘zaro suhbat va bag‘rikenglik ruhidagi g‘oyalari bugun butun dunyo kishilari tomonidan keng targ‘ib qilinayotganligini ma’lum qildi.
Ro‘yxatning 12-pog‘onasida mashhur amerikalik siyosatdon Nobel mukofoti sohibi Albert Gor, 18-o‘rinda shaxmat qiroli Gari Kasparov, 32-pog‘onasida esa Rim papasi Benedikt XVI kabi mashhur shaxslar bor.
Reytingda quyidagi soha vakillari eng ko‘p ovoz olishgan: siyosatchi olimlar, iqtisodchilar, faylasuflar, fan olimlari, jurnalistlar, yozuvchilar, siyosiy yetakchilar, tarixchilar, jamiyat faollari, diniy arboblar, jamiyatshunoslar.
100 talikka kirgan intellektuallarni mintaqalar bo‘yicha taqsimlasak, Shimoliy Amerika birinchi o‘rinda (36 nafar), Yevropa ikkinchi o‘rinda (30 nafar), Osiyo esa uchinchi o‘rinda (12 nafar)dir. Shuningdek, ro‘yxatdan 11 nafar Yaqin Sharq, 4 nafar Afrika, 4 nafar Lotin Amerikasi va 3 nafar Janubi-sharqiy Osiyo va Okeniya mintaqasi vakillari o‘rin olgan.
Jahoning eng intellektual kishilari ro‘yxati
1. Fethullah Gulen (Turkiyalik diniy rahnamo)
2. Muhammad Yunus (Bangladeshlik moliyachi)
3. Yusuf Al-Qaradavi (Misr/Qatarlik islomiy olim)
4. Orxan Pamuk (Turkiyalik yozuvchi)
5. Aitzaz Ahsan (Pokistonlik siyosatchi va huquqshunos)
6. Amr Xaled (Misrlik diniy arbob)
7. Abdulkarim Soroush (Eronlik diniy arbob)
8. Tariq Ramadan (Shveytsariyalik faylasuf, Islom olimi)
9. Mahmud Mamdani (Ugandalik antrapolog)
10. Shirin Ibodi (Eronlik huquqshunos, inson huquqlari faoli)
11. Noam Chomski (AQShlik lingvist)
12. Al Gor (AQShlik siyosatchi)
13. Bernard Lyuis (Britaniya/Aqshlik tarixchi)
14. Umberto Eko (Italiyalik yozuvchi, semiolog)
15. Ayan Hirsi Ali (Somali/Niderlandiyalik siyosatchi)
16. Amartya Sen (Hindistonlik iqtisodchi)
17. Farid Zakariya (AQShlik jurnalist, adib)
18. Garri Kasparov (Rossiyalik demokrat, shaxmatchi)
19. Richard Doukins (Britaniyalik biolog, adib)
20. Mario Vargas Llosa (Perulik yozuvci, siyosatchi)
21. Li Smolin (AQSh/Kanadalik fizik)
22. Yurgen Xabermas (Germaniyalik faylasuf)
23. Salmon Rushdiy (Britaniyalik yozuvchi)
24. Sari Nusseibeh (Falastinlik diplomat)
25. Slavoj Zizek (Sloveniyalik sotsiolog)
26. Vaclav Havel (Chexiyalik davlat arbobi)
27. Christofer Xitchens (Britaniya/AQShlik jurnalist)
28. Samuel Xuntington (AQShlik siyosatchi olim)
29. Peter Singer (Avstraliyalik faylasuf)
30. Paul Krugman (AQShlik iqtisodchi)
31. Jared Diamond (AQShlik biolog, tarixchi)
32. Papa Benedikt XVI (Germaniya/Vatikanlik diniy rahnamo, Rim papasi)
33. Fan Gang (Xitoylik iqtisodchi)
34. Mixael Ignatiyeff (Kanadalik siyosatchi)
35. Fernando Xenriki Cardoso (Braziliyalik siyosatchi, adib)
36. Liliya Shevtsova (Rossiyalik siyosatchi olim)
37. Charls Taylor (Kanadalik faylasuf)
38. Martin Uolf (Britaniyalik jurnalist)
39. E. O. Uilson (AQShlik biolog)
40. Tomas Fridman (AQShlik jurnalist)
41. Byorn Lomborg (Daniyalik statist)
42. Daniel Dennett (AQShlik faylasuf)
43. Francis Fukuyama (AQShlik faylasuf)
44. Ramachandra Guha (Hindistonlik tarixchi)
45. Toni Judt (Britaniyalik tarixchi)
46. Stiven Levitt (AQShlik iqtisodchi)
47. Nouriyel Roubini (Italiya/AQShlik iqtisodchi)
48. Jeffri Sachs (AQShlik iqtisodchi)
49. Vang Xui (Xitoylik siyosatchi)
50. V.S. Ramachandran (Hindistonlik neyroxirurg)
51. Dryu Gilpin Faust (AQShlik tarixchi)
52. Lourenc Lessig (AQShlik huquq himoyachisi)
53. J. M. Coetzee (Janubiy Afrikalik yozuvchi)
54. Fernando Savater (Ispaniyalik faylasuf)
55. Uole Soyinka (Nigeriyalik dramaturg)
56. Yan Xuetong (Xitoylik siyosatchi olim)
57. Steven Pinker (Kanada/AQShlik lingvist, psixolog)
58. Alma Guillermopriyeto (Meksikalik jurnalist, adib)
59. Sunita Narain (Hindistonlik jamiyatshunos)
60. Anis Basuedan (Indoneziyalik universitet rektori, siyosiy sharhlovchi)
61. Maykl Uolzer (AQShlik siyosatchi olim)
62. Niall Fergyuson (Britaniyalik tarixchi)
63. Jorj Ayittey (Ganalik iqtisodchi)
64. Ashis Nandi (Hindistonlik siyosiy psixolog)
65. David Petraeus (AQShlik harbiy arbob)
66. Olive Roy (Frantsiyalik siyosatchi olim)
67. Lourenc Sammers (AQShlik iqtisodchi)
68. Marta Nussbaum (AQShlik faylasuf)
69. Robert Kagan (AQShlik siyosiy sharhlovchi)
70. James Lovelock (Britaniyalik olim)
71. J. Craig Venter (AQShlik biolog)
72. Amos Oz (Isroillik yozuvchi, jurnalist)
73. Samanta Pauer (AQShlik jurnalist)
74. Li Kuan Yu (Singapurlik siyosatchi)
75. Xu Shuli (Xitoylik jurnalist)
76. Kvame Antoni Appia (Gana/AQShlik faylasuf)
77. Malkolm Gladuell (Kanada/AQShlik sotsiolog, jurnalist)
78. Aleksander De Vaal (Britaniyalik yozuvchi)
79. Jianni Riotta (Italiyalik jurnalist, siyosiy sharhlovchi)
80. Daniyel Barenboim (Isroillik pianist, tinchlikparvarlik faollaridan)
81. Tereza Delpech (Frantsiyalik siyosatchi olim)
82. Uilyam Isterli (AQShlik iqtisodchi)
83. Minxin Pei (Xitoylik siyosatchi olim)
84. Richard Pozner (AQShlik sudya)
85. Ivan Krastev (Bolgariyalik siyosatchi olim)
86. Enrike Krauze (Meksikalik tarixchi)
87. Anne Epplbaum (AQShnlik jurnalist va tarixchi)
88. Rem Koolxaas (Niderlandiyalik arxitektor)
89. Jaks Attali (Frantsiyalik iqtisodchi va yozuvchi)
90. Paul Colliyer (Britaniyalik iqtisodchi)
91. Ester Duflo (Frantsiyalik iqtisodchi)
92. Maykl Spens (AQShlik iqtisodchi)
93. Robert Putnam (AQShlik siyosatchi olim)
94. Xarold Varmus (AQShlik shifokor olim)
95. Xoqard Gardner (AQShlik psixolog, adib)
96. Daniel Kahneman (Isroil/AQShlik psixolog)
97. Yegor Gaydar (Rossiyalik iqtisodchi, siyosatchi)
98. Neil Gertsxenfeld (AQShlik fizik)
99. Alain Finkilkraut (Frantsiyalik publitsist)
100. Ian Buruma (Britaniya/Niderlantsiyalik publitsist)