Dunyodagi eng qimmat narxdagi mehmonxona — Palace Hotel bo‘lib, u Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan. Mazkur otel sutkasi 15 ming dollarlik 302 ta joylar va har birining bir kunlik bahosi 25 ming dollarga teng dabdabali apartamentlardan iboratdir.
Bu apartamentlarning ba’zilari 10 ta xona va bog‘dan iborat bo‘lib, bu yerdagi deyarli barcha anjomlar sof oltindan tayyorlangan. Bu otelda jahondagi 50 mamlakatdan bo‘lgan 2600 kishi xizmat qilib, har bir mehmonga to‘rttadan xizmatkor to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda esa Nyu-Yorkdagi Plaza mehmonxonasi bo‘lib, uning bir sutkalik yotoq haqi 15 ming dollardan iborat.
Mehmonxonada bir kunlik haq to‘lab, siz 6 ta yotoqxona, 7 ta vanna xonasi, kutubxona, 2 ta mehmonxona va shaxsiy musallas jamlanmasidan foydalanasiz. Nyu-Yorkdagi Regis mehmonxonasi narxining qimmatligi jihatdan uchinchi o‘rinda bo‘lib, uning bir kunlik haqi 10,5 ming dollardan iborat. Bu pulga siz bu yerda bir kun yashash bilan birga antikvariatlar olamiga sayohat qilish va oliymaqom darajadagi xizmat ko‘rsatishdan bahramand bo‘lasiz.
№ | Mehmonxona | 1 kunlik istiqomat $ |
---|---|---|
1 | Palace Hotel (BAA) | 25 000 |
2 | The Plaza (Nyu-York) | 15 000 |
3 | Regis (Nyu-York) | 10 500 |
4 | The New York Palace (Nyu-York) | 10 000 |
5 | The Four Seasons (Nyu-York) | 10 000 |
6 | President Wilson Hotel (Shveytsariya) | 9 090 |
7 | Burj Al Arab (Dubay) | 6 800 |
8 | The Lanesborough (London) | 5 837 |
9 | The Peninsula (Gonkong) | 4 875 |
10 | Beverly Hills Hotel (Beverli Xils) | 4 700 |