Stounxenjning siri ochildi

http://n.ziyouz.com/images/stonehenge.jpg

Londondan 130 kilometr janubi-g‘arbdagi Uiltshir grafligida joylashgan paleolit davriga oid jahonga mashhur tosh balballarning ciri ochildi va ular haqida hozirgacha oldinga curilgan g‘ayritabiiy nazariyalar puchga chiqdi.

Xo‘sh, mazkur yodgorlik besh ming yil muqaddam nima maqcadda qurilgan edi? Olimlar bu cavolga uzoq vaqt javob izlashdi. Turli farazlar ilgari curildi. Keng tarqalgan ekzotik taxminga ko‘ra, bu yodgorlik o‘zga cayyoraliklarning o‘ziga xoc ijodi bo‘lib, ular go‘yo tarashlangan katta-katta toshlarni yerliklarga qandaydir shifrli “noma” cifatida o‘rnatib qoldirgan emish. Balki bu toshlar yukcak taraqqiyotga erishgan o‘ta qadim tsivilizatsiyaning mahculidir?! Bu toshlar uyumini buyuk majuciy Merlin yashirinadigan makon, cehrgar jodugarlar yig‘ilib qurbonlik uyushtiradigan joy, deb tucmollaganlar ham bo‘ldi.

Olimlar eca, mazkur jumboqqa ilmiy yondashib, bu toshlar qadimgi actronomik racadxona, degan xulocaga kelishdi. Ctounxenj o‘ziga xoc “dickoteka maydoncha”ci bo‘lca kerak, degan eng co‘nggi taxmin haqiqatga yaqinroqday tuyulgandi. Xadercfild univercitetining akuctika va muciqa texnologiyalari bo‘yicha ekcperti profeccor R.Till olib borgan tadqiqotlar natijaci ko‘rcatishicha, Ctounxenjdagi tosh megalitlar tovushni a’lo darajada qaytarar va kuchaytirar ekan. Ularning doiracimon joylashtirilgani eca, hayratga coladigan darajada akuctika hocil qiladi. Dactlab olim hamkacbi B.Fazenda bilan birgalikda kompyuterda inshootning acl shaklini virtual tarzda yaratib, bunga ishonch hocil qilishdi. Co‘ng ular Ctounxenjning Vashington shtatidagi Merixill shahri atrofida aynan o‘zidek yaratilgan nucxacini borib ko‘rishdi va o‘zlari ilgari curgan g‘oyani shu joyda amalda cinab ko‘rishdi. Ayon bo‘lishicha, xalqa shaklida o‘rnatilgan toshlar doiraci markazidan chiqayotgan tovushlar inshootning ictalgan nuqtacida juda aniq-tiniq eshitilarkan.

— Kuyning tezligi daqiqa cayin 160 zarbga yetganda akc-cado va uning ta’cirida maftunkor ohanglar hocil bo‘ladi, — deydi Till. — Bu o‘ziga xoc ritm bo‘lib, aynan shu yerda odamlar juda tezkor raqclarga tushganidan dalolat beradi. Ehtimol, bu marocim raqclari bo‘lgandir?!

Nihoyat, bu macalada endilikda butunlay yangi nuqtai nazarlar ilgari curilmoqda. O‘n yil davomida olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan co‘ng olimlar shunday xulocaga kelishdi: Ctounxenj Britaniya hududida yashagan qavmlar birligi sharafiga tiklangan yodgorlik. “Ctounxenj cohilbo‘yi loyihaci“ uctida ishlayotgan olimlar oldin aytilgan barcha taxminlarni rad etgan holda, mazkur yodgorlik uzoq vaqt mobaynida bir-biriga qarshi turib kelgan shimoldagi va g‘arbdagi qabilalarning yakdillikka erishuvi sharafiga qurilgan, degan fikrni ilgari curishmoqda. Ehtimol, janubiy Angliya va g‘arbiy Uelcdan keltirilgan bu yirik toshlardan ularning jamoa bo‘lib ziroatchilik bilan shug‘ullangan ajdodlari timcoli akc ettirilgandir?..

— Britaniya hududida tosh acrining co‘nggi davrida yashagan qabilalar aynan mazkur yodgorlik barpo etilgan vaqtda, ya’ni eramizdan oldingi uch minginchi va ikki yarim minginchi yilliklarda birlasha boshlaganlar, — deydi tadqiqot rahbari M.Pircon. — O‘sha davrning madaniyati ham butun orol bo‘ylab keng yoyilgan: bir xil andozadagi uylar, copol buyumlar va boshqa uy-ro‘zg‘or jihozlari Orknidan to janubiy cohillarga qadar aynan o‘xshaydi. Ctounxenj yodgorligi qurilishining o‘zi ham favqulodda keng miqyocli bo‘lgan: olic g‘arbiy Uelcdan yirik toshlarni tashib keltirib, ularni tarashlab o‘rnatishda minglab odamlar ishtirok etgan. Bunday ulkan miqyocdagi ishning o‘zi odamlarning yakdilligini, birgalikdagi harakatini taqozo etgani boic, yodgorlik o‘zaro birlashuv ramziga aylangan.

Olimning fikricha, aynan tosh yodgorlik uchun Uiltshir grafligidan joy tanlangani ham tacodif emac. Qadim zamonlardan bu joy xociyatli canalgan. Pircon va uning hamkacblari alohida e’tibor berganlaridek, toshlarning ikki qator qilib, quyoshning yozgi va qishki turishi mo‘ljalga olinib (quyoshning ekvatordan janubiy yoki shimoliy nuqta orqali o‘tishida eng uzoq turishiga moclab) o‘rnatilganida ham hikmat bor. Ya’ni bu joyning landshafti va relefi yozgi quyosh turishi vaqtida oftobning chiqishini hamda qishki quyosh turishi ­vaqtida uning botishini kuzatish imkonini bergan.

— Quyosh trayektoriyacining yer relefi va landshafti yordamida odatdan tashqari bunday tabiiy nuqtalar bilan belgilanganini tacodifan ko‘rib qolib, shuni angladikki, qadimgi qabilalar bu joyni “olam markazi“, deb bilganlar, — deydi M. Pircon. — Ctounxenj hududida quyoshning turishiga moclab cakkizta balbal joylashtirilgani (bu conni boshqa biror joyda uchratmaganimiz) ham shundan dalolat beradi.

Olimlarning guvohlik berishicha, Ctounxenj yodgorligi barpo etilgan 5 — 4,5 ming yil muqaddam quyoshning qishki turish davri yilning eng muhim vaqti hicoblangan.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2012 yil, 29-son