Benzin eng qimmat davlatlar (2007)

Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy holat tufayli butun jahonda benzin va neft mahsulotlari narxi oshib borishi davom etmoqda. Neft ishlab chiqaruvchi davlatlardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat bevosita neft narxi va ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. The Oil Drum internet portali dunyo davlatlaridagi benzin narxlari ko‘rsatkichini o‘rganib chiqib, o‘z reytingini e’lon qildi. Bu reytingga eng qimmat benzin markasi – «Super Yevro» (bizning AI-95 benzin markasiga mos tushadi) narxi asos qilib olingan. Eng benzin qimmat bo‘lgan mintaqa Skandinaviya bo‘lib, 1 gallon (3,785 litr) benzin bu yerda 7 dollardan oshadi.

«Super» benzini eng qimmat mamlakat Norvegiya bo‘lib, 1 gallon avtoyoqilg‘i narxi 7,76 dollarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda – Niderlandiya (7,52 $) bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni Belgiya (7,32 $) va Buyuk Britaniya (7,15 $) egallagan.

Birinchi o‘nlikni 5-o‘rindagi Turkiyani hisobga olmaganda Yevropa davlatlari (Germaniya, Daniya, Finlandiya, Portugaliya, Shvetsiya) egallashgan deb hisoblasak bo‘ladi. Kuchli yigirmatalikka yana Polsha (5,63 $) va Slovakiya (5,59 $) ham kirgan.

The Oil Drum ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh benzin qimmatligi bo‘yicha 33-o‘rinni egallagan: 1 gallon benzin 3,1 dollar. Yoqilg‘i mahsulotlariga davlat solig‘ining bekor qilingani bois AQShda benzin narxi G‘arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan ikki baravar pastdir.

Neft ishlab chiqaruvchi davlatlarda esa 1 gallon benzin nargi 2 dollarga bormaydi. Nigeriyada 1 gallon AI-95 benzin 1,92 turadi. Quvayt, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va Venesuelada 1 gallon benzin narhi 1 dollardan kamdir.

The Oil Drumga ko‘ra, AI-95 benzini qimmatligi bo‘yicha Rossiya 35-o‘rinda turibdi. Bu yerda 1 gallon benzin narhi 2,68 dollar deya baholangan. Rossiya statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2006 yilda rossiyalik neftchilar 33,44 mln tonna avtobenzin ishlab chiqarishgan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005 yil yakunida Rossiyada 25 million avtomobil ro‘yxatga olingan. 2010 yilda esa avtomobillar soni 42 millionga yetishi kutilmoqda.

Uch yildan so‘ng Rossiya ham neftni xorijdan olib kelishi mumkin. Tahlilchilarning fikricha, yaqin yillarda Rossiyada benzin arzon bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ham shu holat kuzatiladi.

Agar hozirgi kundagi narx bilan solishtirsak, eng arzon AI-95 benzini o‘zbek so‘miga Venesuelada 64 so‘m, Turkmanistonda 98 so‘m, Eronda 111 so‘m, Saudiya Arabistonida 152 so‘m, Kuvaytda 264 so‘mga to‘g‘ri kelsa, 1 litr oliy navli benzin Norvegiyada 2630 so‘m, Niderlandiyada 2549 so‘m, Belgiyada 2481 so‘m, Buyuk Britaniyada 2423 so‘m va Turkiyada 2369 so‘mni tashkil etadi. O‘zbekistonda esa AI-95 benzinini avtomobilingizga quyish uchun 1400 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Bu ko‘rsatgich bilan mamlakatimiz Kanada, AQSh, Qozog‘iston, Rossiya va Xitoyni ham ortda qoldiradi.

Davronbek Tojialiyev

AI-95 benzini eng qimmat mamlakatlar

№ Mamlakat 1 gallon AI-95 benzini narhi
1. Norvegiya 7.76
2. Niderlandiya 7.52
3. Belgiya 7.32
4. Buyuk Britaniya 7.15
5. Turkiya 6.99
6. Germaniya 6.98
7. Daniya 6.95
8. Finlandiya 6.93
9. Portugaliya 6.65
10. Shvetsiya 6.50
11. Frantsiya 6.50
12. Polsha 5.63
13. Vengriya 5.63
14. Slovakiya 5.59
15. Isroil 5.52
16. Irlandiya 5.40
17. Avstriya 5.40
18. Sloveniya 5.36
19. Shveytsariya 5.17
20. Ispaniya 5.14
21. Chexiya 5.10
22. Gretsiya 4.91
23. Italiya 4.80
24. Litva 4.72
25. Latviya 4.61
26. Estoniya 4.30
27. Lyuksemburg 4.27
28. Yangi Zelandiya 4.17
29. Yaponiya 4.16
30. O‘zbekiston 4.13
31. Kanada 4.10
32. Avstraliya 4.05
33. Braziliya 3.85
34. AQSh 3.10
35. Qozog‘iston 2.75
36. Rossiya 2.68
37. Tailand 2.61
38. Xitoy 2.44
39. Meksika 2.38
40. Nigeriya 1.92
41. Kuvayt 0.78
42. Saudiya Arabistoni 0.45
43. Eron 0.33
44. Turkmaniston 0.29
45. Venesuela 0.19
* 1 gallon = 3.785 litr