Toshkentda “Yosh kitobxon” tanlovining so‘nggi 20-30 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichi bahslari nihoyasiga yetdi.
Yoshlar ishlari agentligi xabariga ko‘ra, Namangan viloyati vakili Zamira Abdullayeva 243,7 ball bilan g‘olib chiqqan va “Spark” avtomobili sohibi bo‘lgan. Shuningdek, yosh bilimdonlar Iroda Safoyeva (Samarqand viloyati, 224 ball) 50 mln so‘m pul, Azamat Fayzullayev (Sirdaryo viloyati, 213,6 ball) 30 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan.
Avvalroq “Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasida Samarqand viloyatidan Marhabo Mahkamtosheva 378 ball bilan birinchi o‘rinni egallab “Spark” avtomobili sohibi bo‘lgani xabar qilingandi.