«XXVII Qorilar musobaqasi» ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidida o‘tkazilgan «XXVII Qorilar musobaqasi» ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi barcha diniy ta’lim muassasalari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti talabalari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, rais o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur boshchiligidagi hakamlar hay’ati baholab borgan ushbu bellashuvda quyidagi qori va qoriyalar g‘olib bo‘ldilar:

Murattab qorilar yo‘nalishi:

Oliy o‘rin: Abdulaziz qori Rahmonberdi, Toshkent Islom instituti talabasi.
1-o‘rin: Sirojiddin qori Abdujalilov, Sayyid Muhyiddin Mahdum o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
2-o‘rin: Nizomiddin qori Abdumalikov, Ko‘kaldosh o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
3-o‘rin: Mirabbos Mirboboyev, Mir Arab o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.

Mujavvid qorilar yo‘nalishi:

1-o‘rin: Muhammadyusuf  qori Homidov. Fahriddin ar-Roziy  o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
2-o‘rin: Nasibulloh qori Pirxonov, Muhammad al-Beruniy o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
3-o‘rin: Qodirali qori Ahmadjonov, Mir Arab o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.

Murattab qoriyalar yo‘nalishi:

1-o‘rin: Muhsina Ishoqjonova, Xadichai Kubro o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
2-o‘rin: Shohistaxon Nurmatova, Toshkent islom instituti talabasi.
3-o‘rin: Shahnoza Yahyoyeva, Jo‘ybori Kalon o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.

Mujavvid qoriyalar yo‘nalishi:

Oliy o‘rin: Robiya Najmiddinova, Toshkent islom instituti talabasi.
1-o‘rin: Dilnozaxon Umaraliyeva, Xadichai Kubro o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
2-o‘rin: Lutfiya O‘rinova, Jo‘ybori Kalon o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
3-o‘rin: Mahfuza Jaloliddinova, Toshkent islom universiteti talabasi.