Bugun mahalliy vaqt bilan 9:48 da O‘zbekistonning sharqiy qismida yer silkinishi kuzatildi. Zilzila Toshkent va Farg‘ona vodiysida 4 ballik magnitudani tashkil etgan.
Er silkinishlarini o‘rganuvchi EMSC tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Tojikistonning Karakenja shahri yaqinida bo‘lgan. Zilzila epitsentri O‘zbekistonning Farg‘ona shahridan 111 km, Tojikistonning Dushanbe shahridan 259 km uzoqlikda joylashgan. Yer silkinish kuchi zilzila epitsentrida 5,9 ballni tashkil etgan.