O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda og‘ir jarohatlar olgani, ko‘rilgan katta talafotlar munosabati bilan mazkur mamlakat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevga va qardosh xalqqa ta’ziya maktubi yo‘lladi.
“Davlatimiz rahbari vatan osoyishtaligi va mamlakat xalqining himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lgan fidoyi farzandlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tilagan”, – deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Qozog‘istondagi notinch vaziyat munosabati bilan ikki davlat rahbari telefon orqali muloqot qilgan edi.