O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishdagi ishtiroki 39 foizga yaqinlashdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi rahbari, tarix fanlari doktori, professor Nodira Mustafoyeva “Yangi O‘zbekiston” nashrida chop etilgan maqolasida ma’lum qilgan.
Ayni paytda O‘zFA tizimida xodimlar soni 5337 nafar, shundan 2081 nafari ayollar (38,9 foiz), ilmiy xodimlar soni 2833 nafar, shundan 927 nafari ayollar (32,7 foiz), fan doktorlari 490 nafar, shundan 109 nafari ayollar (22,2 foiz), fan nomzodlari va PhD 831 nafar, shundan 265 nafari (31,8 foiz) ayollardir.
Akademiya tizimida tayanch doktoranturada tahsil olayotganlarning umumiy soni 686 nafar, shundan 250 nafarini ayollar (36,4 foiz), doktoranturada (DSc) 88 nafar, shundan 25 nafarini ayollar (28,4 foiz) tashkil etadi.