Joriy yil 11-13 dekabr kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun marginal suv resurslaridan foydalanishda innovatsiyalar” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.
Shu tariqa YuSAIDning AQSh olimlari va mahalliy mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan “Tadqiqotni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik” (PEER) deb nomlangan grant dasturi doirasida 15 mamlakatdan kelgan 50dan ortiq olim, tadqiqotchi va ekspert Toshkentda yig‘ildi.
AQShning yurtimizdagi elchixonasi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu seminarning asosiy maqsadi inson va ekotizim salomatligini yaxshilash borasida tajriba almashish, texnologiyalar yutuqlari bilan bo‘lishishdan iboratdir.
“Davlatlar mintaqa oldida turgan ekologik muammolarni anglagan holda, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish orqali, samaradorlikni oshirish hamda suvdan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratishlari lozim”, – deb ta’kiladi tadbirda so‘zga chiqqan AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen.
Marginal suv resurslaridan oqilona foydalanish atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi salomatligini yaxshilash va daromadlari o‘sishiga olib keladi.
Shu mavzudagi maqolalar:
AQSh elchisi Pamela Spratlen qishloq xo‘jaligiga oid anjumanda qatnashdi. 16.02.2017
AQSh Orolbo‘yi mutaxassislarini o‘qitishga ko‘mak beradi. 15.02.2017