3 iyun kuni Turkiya Respublikasi elchixonasida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi (UTID) tomonidan uyushtirilgan ushbu bayram tadbirida O‘zbekistondagi boshlang‘ich ta’lim maktablari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va Toshkent shahridagi Turk boshlang‘ich ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Namiq Guner Erpul tadbirni ochar ekan, bolalar nafaqat yurtning, balki insoniyatning kelajagi ekanligini ta’kidladi.
Tadbir doirasida bolalar tomonidan ashula va qo‘shiqlar hamda milliy raqslar, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi, ularga turli xil sovg‘alar va mukofotlar hadya etildi.