Xalqaro Turk dunyosi Madaniyati Tashkiloti va Yevrosiyo Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan Mahmud Koshg‘ariy Xalqaro mukofot uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlov o‘zbek, turk, qozoq, qirg‘iz, tatar tillarida yozadigan barcha ijodkorlar uchun ochiqdir. Hikoyalar mavzusi erkindir.
Xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlaridan, Boshqirdiston, Tatariston, Chuvashiston, Xakasiya, Yoqutiston, Oltoy, Tuva, Qrim, Gagauziya, Kavkaz (qumuq, no‘g‘ay, qorachoy-bolqor) o‘lkalaridan, Xitoy, Iroq, Eron, Gretsiya, Bolgariya, Kosovo, Kipr, Makedoniya, Ruminiyada yashovchi turkiy xalqlar vakillari ishtirok etadi.
Tanlov ilk bor 2008 yili Mahmud Koshg‘ariy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.
VI Xalqaro Mahmud Koshg‘ariy hikoyalar tanlovi taqvimi:
Asarlarni taqdim etishda eng oxirgi muddat: 15 noyabr, 2020 yil.
G‘oliblarning e’lon qilinishi: 15 dekabr, 2020 yil.
Sovrinlarni topshirish: dekabr, 2020.
Xalqaro sovrinlar miqdori:
I-o‘rin: 25 000 turk lirasi.
II-o‘rin: 20 000 turk lirasi.
III-o‘rin: 15 000 turk lirasi.
Tanlov shartlari:
1. Tanlovga taqdim etiladigan asarlar [email protected] elertron manziliga e-mail orqali jo‘natiladi.
2. Jo‘natilayotgan asarlar avval hech bir yerda nashretilmagan va hech qanday sovrin olmagan bo‘lishi shart.
3. Hikoyalar mavsuzi ixtiyoriydir.
4. Ko‘pi bilan ikkita hikoya bilan ishtirok etishingiz mumkin va matn miqdori 1000 ta so‘zdan kam bo‘lmasligi hamda 10 000 so‘zdan oshmasligi kerak.
5. Jo‘natiladigan hikoyalar ostida muallif taxallusidan tashqari biror boshqa ma’lumot bo‘lmasligi kerak. Aks holda, tanlov shartlariga mos emas deb topiladi.
6. Ishtirokchining pasport nusxasi, uy manzili (to‘liq), tarjimai holi va taxallusi, 1 dona fotosuratlari alohida-alohida qilib yuborilishi kerak.
7. Matn kompyuterda 12 shriftda yozilgan bo‘lishi kerak.
8. Tanlovga kelgan asarlar egalariga qayratib berilmaydi.
9. Sovrin olgan asarlarning nashri Yevrosiyo Yozuvchilar Uyushmasiga oiddir.
Turk dunyosining eng yirik adabiy tanlovida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!