Toshkent shahrining Qo‘yliq-1 mavzesida “korzinka.uz” supermarketi ish boshladi. Savdo markazining ochilish marosimida milliy va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Kelgan mehmonlarga mahsulotlardan ikrom qilindi. Chegirma va aktsiyalar tashkil etildi.
“Ish kuni bo‘lishiga qaramay ochilish marosimiga bunchalik ko‘pchilik tashrif buyurishini kutmagandik. Qo‘yliq-1 mavzesida mana shunday savdo markaziga ehtiyoj bor edi. Aholi juda mamnun. Narxlarini ham ro‘zg‘orbop qilishga harakat qildik”, deydi “korzinka.uz” marketing departamenti boshlig‘i Malik Karimov.
“korzinka.uz” O‘zbekistondagi ilk supermarket brendlaridan biri bo‘lib, 1996 yildan beri faoliyat yuritadi.
Toshkent shahrida “korzinka.uz” brendi ostida 20 ta, “Smart” brendi ostida 4 ta, “korzinka.uz Diskont” brendi ostida 2 ta supermarkat faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Qo‘qon, Olmaliq, Buxoro va Andijon shaharlarida ham “korzinka.uz” filiallari mavjud.