Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh qalamiga mansub «Ochiq xat» kitobi qayta ishlanib, to‘ldirilgan ikkinchi nashri sotuvga chiqarildi. Ushbu nashrda kitobning so‘nggiga «Tarixning musulmonlarga ochiq xati» deb nomlangan yangi bob ham qo‘shilgan.
Kitobda “Islom – tinchlik dini”, “Terrorning tarixi”, “Islom shariati insonga yengillik keltirgan, og‘irlik emas”, “Shoshqaloqlik – zararli illat”, “Mo‘tadillik – eng zarur xislat”, “Yo‘lini topsa, sulh ham fath bo‘ladi”, “Zararni daf qilish xususidagi qoidalar”, “Ochiq xat”, “Hozirgiga o‘xshash noxush holatlar tarixda ham bo‘lganmi?” kabi mavzular o‘rin olgan.
“Musulmon olami hozirda boshidan kechirib turgan musibatlar ham o‘zini bilgan har bir shaxs uchun juda katta musibatdir. Bu musibatning asosiy aybdorlaridan biri musulmonlarning o‘zlaridan chiqqan bema’ni toifalardir, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Mazkur toifalar qo‘zg‘agan va olib borayotgan johilona harakatlar oqibatida butun musulmon olami jafo chekmoqda. Ushbu jafo va musibatlarning hajmi shu qadar kattaki, hayotning turli sohalarida dunyo bo‘ylab musulmonlarga katta zararlar yetmoqda…” deyiladi kitob muqaddimasida.
“Ochiq xat” kitobini Toshkent, Namangan, Andijon, Asaka, Marg‘ilon, Samarqand, Denov va Urganch shaharlaridagi «HILOL NASHR» kitob do‘konlaridan, shuningdek hilolnashr.uz sayti orqali sotib olishingiz mumkin.