Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida an’anaviy Respublika “Kitob bayrami” o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan kitob bayramida ziyolilar, olimlar, yozuvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi. 30 dan ortiq nashriyotlar o‘z kitoblarini taqdim etdilar. Bog‘da, shuningdek, bolalar uchun intellektual o‘yinlar, kitob taqdimotlari, mushoiralar va suhbatlar o‘tkazildi.
«Kitob bayrami»da faol ishtirok etgan «Akademnashr» nashriyoti tomonidan Oydinnisoning «Serenada» va Zulxumor Mirzayevaning «XX asr o‘zbek adabiyotining Amerikada o‘rganilishi» kitoblarining imzo kunini tashkil etdi.
“Kitob bayrami” 26-27 may kunlari ham davom etadi.