O‘zbekistonlik 7000 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari rag‘batlantiriladi

18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” farmoni e’lon qilindi. 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 67-yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Bugun yurtimizda 7 mingga yaqin Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 117 ming frontorti mehnat faxriysi istiqomat qilmoqda.