Ozarbayjon mustaqillik qayta tiklanganining 31 yilligini nishonlamoqda

Ozarbayjon xalqi 18 oktyabr – Mustaqillik qayta tiklangan kunni nishonlamoqda.

Ozarbayjon SSR Oliy kengashining 1991 yil 18 oktyabrda o‘tgan sessiyasida deputatlar “Ozarbayjon Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunni bir ovozdan qabul qildi. O‘sha yilning 29 dekabr kuni o‘tkazilgan umumxalq saylovida Ozarbayjon xalqi davlat mustaqilligini yoqlab ovoz berdi.

E’tiborga molik jihati, “Ozarbayjon Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun 1918 yil 28 mayda qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasiga asoslanadi. Ya’ni Ozarbayjon Respublikasi 1918-1920 yillarda hukm surgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasining huquqiy vorisi sanaladi.

2021 yil 15 oktyabr kuni Ozarbayjon parlamenti “Mustaqillik kuni to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Shu kunning o‘zida qonun mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan ma’qullandi. Mazkur qonunga binoan, 18 oktyabr – Davlat mustaqilligi kuni Mustaqillik tiklangan kun deya qayta nomlandi.

Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida ushbu sana munosabati bilan qutlov suratini chop etdi.

Mavzuga doir maqola:

Husayn Quliyev: Mustaqillik kuni – Ozarboyjon hayotida muhim sana. 17.10.2016