Ozarbayjon G‘alaba kunini nishonlanmoqda

Bugun, 8 noyabr kuni Ozarbayjonda G‘alaba kuni nishonlanmoqda. 2020 yil  27 sentyabrda boshlangan 44 kunlik muhoraba yakunida Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tiklashga muvaffaq bo‘lgan edi.

“44 kunlik Vatan urushi –  bizning shonli tariximiz. Barcha kuchlarni safarbar etgan va yagona mushtga aylangan Ozarbayjon xalqi dushmanni ona tuproqlaridan haydadi. Butun Ozarbayjon xalqi birlik va iroda namunasini ko‘rsatdi”, – degan edi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ushbu g‘alabaning ahamiyatiga to‘xtalib.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘da 2020 yil 27 sentyabrdan 9 noyabrga qadar kechgan janglarda qariyb 30 yil Armaniston ishg‘oli ostida bo‘lgan hududlar, jumladan, 5 ta shahar, 4 ta posyolka hamda 290 ga yaqin qishloqni qaytarib oldi. 2020 yil 8 noyabrda Ozarbayjon madaniyati beshini bo‘lmish Shusha shahri ozod qilindi.

2020 yilning 10 noyabrida Ozarbayjon, Armaniston hamda Rossiya o‘rtasida uch tomonlama bitim imzolandi.

Prezident Ilhom Aliyevning 2020 yil 2 dekabrdagi farmoyishiga binoan 27 sentyabr Xotira kuni deb e’lon qilindi. Boshqa farmoyishga ko‘ra 8 noyabr, Shusha shahri ozod etilgan kuni G‘alaba kuni deb belgilandi.

 

Mavzuga doir maqolalar:

Ozarbayjon: qahramonlar unutilmaydi. 27.09.2022

“Buyuk qaytish”. Ozarbayjonning ozod qilingan hududlariga aholi qayta boshladi. 21.07.2022