Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti qoshida o‘zbek tilini o‘qitish loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda.
“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamda Oksford universiteti rahbariyati bilan muzokaralarda ushbu kelishuvga erishildi.
O‘zbek tili bo‘yicha darslar 2024 yil yanvar oyida 15 nafar talaba ishtirokida boshlanadi. O‘zbekiston elchixonasi markazning ilmiy bazasini boyitish maqsadida o‘zbekcha adabiyotlar va o‘quv materiallari yetkazib beradi.
Muzokaralar chog‘ida Oksford universiteti bilan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Britaniya universiteti qoshidagi Wolfson College dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.