“Mahbub Payg‘ambar (s.a.v.)” nomli siyrat tanloviga marhamat!

www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlari Rabiul-avval oyi munosabati bilan “Mahbub Payg‘ambar (s.a.v.)” nomli siyrat tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda sevimli nabiyimiz Muhammad (s.a.v.) haqlaridagi ijodiy ishlar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Tanlov tartibi:
Tanlov uchun ijodiy ishlaringizni [email protected] pochtasiga yuboring. Ijodiy ishlar 2017 yil 1 yanvarga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar 2017 yil yanvar oyida e’lon qilinadi.

Tanlovga quyidagi janrlardagi ijodiy ishlaringizni yuborishingiz mumkin:
1. Olamlarga rahmat Payg‘ambar (s.a.v.) madh etilgan she’r, na’t, manzuma.
2. Muhammad (s.a.v.)ning hayotlariga oid ilmiy maqola (avval boshqa joyda chop etilmagan bo‘lishi kerak).
3. Suyukli nabiyimiz (s.a.v.)ga maktub, dil izhori.
4. Muhammad alayhissalom haqlarida yozilgan boshqa tillardagi maqola, she’rlar tarjimasi.
5. Rasululloh (s.a.v.) hadislari asosida xattotlik yoki san’at namunasi.
6. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotlariga oid plakat, infografika.

Ishtirokchilar yuboradigan ijodiy ishlar soni cheklanmagan. G‘oliblarni aniqlashda ishning mazmuni, matnning badiiy xususiyatlari, manbaning ishonchliligi ham e’tiborga olinadi.
Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlar www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlarida e’lon qilinadi.

Tanlov talablari:
1. Maqola, she’r muallifning o‘zi tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak.
2. Ijodiy ishlar turli manbalardan ko‘chirilmagan bo‘lishi kerak.
3. Tarjima yuboruvchining o‘zi tomonidan o‘girilgan bo‘lishi kerak. Qaysi tildan tarjima qilinganligi, manbasi ham yozilishi shart.

Tanlov g‘oliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin sohibiga – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 5 jildli “Xislatli hikmatlar sharhi” kitobi.
2-o‘rin sohibiga – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Hadis va hayot” to‘plamidan 1-6-jildlar (1. Muqaddima; 2. Islom va iymon; 3. Niyat, ixlos, ilm; 4-5-6. Namoz).
3-o‘rin sohibiga – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Hadis va hayot” to‘plamidan 4 ta kitob (20. Anbiyolar qissasi; 23. Jannat bashorati berilganlar va ahli bayt; 25. Nubuvvat xonadoni xonimlari; 29. Tafsir, tush va masallar).

Rabiul-avval oyida ““Mahbub Payg‘ambar (s.a.v.)” tanlovida ishtirok eting va eng go‘zal hadyaga sohib chiqing!